13.13. Asosiy turdagi tugunlarning rivojlanish tamoyillari
Tugunlarning taraqqiy topishi tugunga kelish yo’llarida harakat miqdorlarining usishi, shaharning rivojlanishi, yangi sanoat nohiyalarining paydo bo’lishi, yangi liniyalarning kelib qo’shilishi, boshq.a transport turlari bilan bog’lanish kabi bilan bog’liq bo’lishim mumkin.
Harakat miqdorlarining oshishida tugunga kelish bosh yo’llari, tugun ichki yo’llari kuchaytirilib yangi bosh yo’llar, ko’prikli kesishuvlar qurilishi va stayatsiyalar rivojlantirilishi mumkin. Ular natijasida yullarning poezd o’tkazish qobiliyati va asosiy bekatlarning qayta ishlash qobiliyati oshadi.
Shaharlar rekonstruktsiya qilinganda ayrim bekatlarni yangi joyga ko’chirish, shaharsozlik talablarini hal etish, yo’lovchilar uchun yangi bekatlar yoki to’xtash punktlari qurish, ayrim bosh va bog’lovchi yo’llarning trassalarini ko’chirish, shahar magistrallarini kesib o’tuvchi ko’prikli kesishuvlar qurishga tugri keladi. Murakkab sharoitlarda yangi bekatlar qurilishi va tugun ko’rinishini o’zgartiruvchi yangi yo’llar qurilishi mumkin. Shaharga xizmat ko’rsatishda temir yo’llarda shaharatrof harakatlarini elektrlashtirish yaxshi natijalar beradi. Shaharatrof harakatli temir yo’lning kattagina qismi shahar hududidan utgan hollarda temir yo’l bo’ylab qo’shimcha to’xtash joylarini yirik aholi va sanoat markazlari yakinida ochish lozim bo’ladi.
Tugun bo’ylab mahalliy yuk vagonlarining ortiqcha yurishlarini kamaytirish maqsadlarida saralash va yuk bekatlarining ratsional joylashtirilishiga erishish kerak. Tugunlarni rivojlantirishda avval texnik-iqtisodiy asoslash ishlari bajariladi va u tugunni rivojlantirishning bosh rejasini shahar rivoji bosh rejasi va boshqa transport qurilmalarining rivojlanish masalalarini o’z ichiga oladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. I. A. Karimov. Islohotlar strategiyasi – mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir. 2003 y. 17 fevralda Vazirlar maxkamasi majlisidagi ma’ruza. T., «O’zbekiston», 2003.
2. I.A. Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Birinchi chaqiriq O’zbekiston respublikasi Oliy majlisining O’n to’rtinchi sessiyasidagi ma’ruza 1999 y 14 aprel.
3. Broytman E.Z., Borovikova M.S., Osminin A.T. Ekspluatatsionnaya rabota stantsiy i otdeleniy: Ucheb. posobie dlya texnikumov i kolledjey j.- d. transp.-M.: Jeldorizdat, 2002. – 242s.
4. Jelezno’e dorogi: Obhiy kurs: Uchebnik dlya vuzov. M.M.Uzdin, Yu.I.Efimenko, V.I.Kovlov i dr.; Pod red. M.M.Uzdina. - 5-e izd. - SPb.: Inform. tsentr «Vo’bor», 2002. -368s.
5. Jeleznodorojno’y put G’T.G.Yakovleva, N.I.Korpuhenko, S.I.Klinov i dr.; Pod red. T.G.Yakovlevoy. – M.: Transport, 1999. – 405 s.
6. Jeleznodorojno’e stantsii i uzlo’: Uchebnik dlya vuzov j.-d. transp. G’ V.G.Shubko, N.V.Pravdin, E.V. Arxangelskiy i dr.; Pod red. V.G.Shubko, N.V.Pravdina. –M.: UMK MPS Rossii, 2002. – 368 s.
7. Jeleznodorojno’e stantsii i uzlo’ G’ Yu.I.Efimenko, S.I.Loginov, V.E.Pavlov i dr. – SPb.: Izd-vo PGUPS, 1996. – 202 s.
8. Obhiy kurs jelezno’x dorog: Uchebnik dlya texnikumov i kolledjey j.-d. transp. G’ V.N.Sokolov, V.FJukovskiy, S.V.Kotenkova, A.S.Naumov. - M.: UMK MPS Rossii, 2002. - 296 s.
9. Osnovo’ ekspluatatsionnoy raboto’ jelezno’x dorog: Ucheb. posobie dlya stud. sred. prof. obrazovaniya G’ V.A.Kudryavtsev, V.I.Kovalev, A.P.Kuznetsov i dr.; Pod red. V.A.Kudryavtsev. - M.: ProfObrIzdat, 2002. - 352 s.
10. STN Ts-01-95. Jelezno’e dorogi kolei 1520 mm.- M.: MPS Rossii, 1995.-86 s. SNiP 32-01-95. Jelezno’e dorogi kolei 1520 mm.-M.: Minstroy Rossii, 1995. -20s.
11. Temir yo’l atamalarining ruscha-o’zbekcha qisqa lug’ati, Ibragimov I. I., Grossman L.M., Matskel S. S., Xudoberganov K. T. Toshkent «O’qituvchi». 1993. – 67 bet.
12. Temir yo’l qurilishi, yo’l va yo’l xo’jaligi atamalari va tushunchalarining ruscha-o’zbekcha lug’ati, Rasulev A. F., Fozilova Z. T., Maxamataliev E. M.: Toshkent, 2005. -41 bet.
13. O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan foydalanish qoidalari, Toshkent, 1999. – 220 bet
Dostları ilə paylaş: |