Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Temir yo’l qurilishini tashkil qilish va mexanizatsiyalash asoslari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə8/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

1.5. Temir yo’l qurilishini tashkil qilish va mexanizatsiyalash asoslari


Temir yo’l qurilishi o’zaro bir-biri bilan bog’liq har xil qurilish va montaj ishlarini o’z ichiga oladi. Temir yo’l qurilishini tashkil qilish asosida qurilish sanoati uchun umumiy bo’lgan quyidagi tamoyillar yotadi: rejalashtirish, industriallashtirish, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, qurilishning uzluksizligi, qurilish–montaj tashkilotlarini ixtisoslashtirish va yil davomida bir tekis ishlash va sh.k.
Qurilishni rejalashtirish bu qurilish tashkilotlarining rejaga amal qilishidir. Rejada qurilish ishlarining hajmi, muddatlari va ajratma manba’lar belgilanadi
Qurilishni industriallashtirish zavodlarda standart qurilish detallarini tayyorlash va bu detallardan qurilish inshootlarini qurilish maydonlarining o’zida yig’ib tayyorlashdan iborat.
Kompleks mexanizatsiyalash hamma tayyorlov, asosiy, bezash, rejalash va qurilish- montaj ishlarini maxsus mashinalar va mexanizmlar komplektlari, eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan olib borishdan iborat.
Avtomatlashtirish-kishilarning jismoniy mehnatini siqib chiqarish va bu mehnatni, qurilish jarayonini asboblar yordamida boshqarish va nazorat qilishga yo’naltirishdan iborat. Bunda ishlab chiqarish samaradorligi oshadi va qurilish bahosi pasayadi.
Temir yo’l qurilishi ikki-tayyorlov va asosiy davrlarga bo’linadi.
Tayyorlov davrida qurilish jarayoniga tayyorlanish va shu davrning qurilish ishlari bajariladi. Texnik tayyorlanish texnik xujjatlarni o’rganish, qurilish nohiyalarida qo’shimcha geologik, gidrolik va boshqa tekshiruvlarni o’tkazish va loyiha xujjatlariga tegishli o’zgarishlarni kiritishni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari temir yo’l uchun er maydoni ajratiladi, trassa joyda belgilanadi, bazalar va omborxonalar joyga bog’lanadi.
Qurilishning asosiy davrida er polotnosi va suv qochirish inshootlari, sun’iy inshootlar quriladi, er yonbag’irlari mahkamlanadi. Yo’l tushiriladi va ballastirovka qilinadi, temir yo’lni boshlang’ich bosqichlarda ishlatishda foydalanish uchun bino va inshootlar quriladi
Qurilish va montaj ishlari zamonaviy sharoitlada yuqori samarali mashina va mexanizmlar yordamida olib boriladi. Er ishlari katta quvvatli ekskavator, buldozer va greyderlar yordamida bajariladi. Suv xaydash ariiqchalarini qazishda maxsus ariq qaziydigan mashinalar, tuproq to’kmalarini zichlashtirishda gruntni mustaxqamlaydigan mashinalar ishlatiladi. Tosh gruntli joylarda portlatish ishlari qo’llanishi mumkin. Temir-beton va metall konstruktsiyali sun’iy inshootlarni qurishda har xil ko’tarma kranlar va boshqa qurilmalardan foydalaniladi. Ish joyiga ballast maxsus o’zi ag’daradigan vagonlar, xopper-dozatorlarda olib boriladi. Oldindan yig’ib tayyorlangan yo’l panjaralari (rasm 1.6) maxsus yo’l yotqizuvchi mashina tomonidan o’rnatiladi.

Rasm 1.6. Yo’l panjarasini yo’l yotqizuvchi UK-25 mashina bilan qo’yin



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin