2. Joriy instruktaj. Darsda o'quvchilarning o'quv-ishlab chiqarish faoliyatiga rahbarlikni, ularda kasb mahorati va malakasini shakllantirishni ustoz ularga mashqlar va mustaqil ishlarni bajarish jarayonida joriy instruktaj yo'li bilan amalga
oshiradi. Bu ustozning ta'lim berish faoliyatining asosiy shaklidir. Joriy instruktaj berishning didaktik maqsadi - o'quvchilar eng kam xato va kamchiliklar bilan o'quv-ishlab chiqarish topshirig'ini bajarish ga erishishdan iborat. Shunga asosan tajribali ustoz o'z ta'lim berish faoliyatini shunday tashkil qiladiki, bunda u o'quvchilarning xatolari, kamchiliklari va qiyinchiliklarini tugatishga qaraganda, ularni oldini olishga ko'proq e'tibor beradi.
3. Yakunlovchi instruktaj. Ishlab chiqarish ta'limi darsining majburiy tushunish elementi yakunlovchi instruktajdir. U faqat dars oxirida o'lkaziladi. Vakunlovchi instruktajning didaktik maqsadi Yakunlovchi irislruktaj paytida, odatda, quyidagi asosiy masalalar o'rtaga qo'yiladi:
- dars maqsadiga erishganligi to'g'risida axborot;
-guruh va o'quvchilar brigadalarining o'quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishlariga yakun yasash va tahlil qilish;
- tipik xatolar va nisbiy kamchiliklarni muhokama qilib, ularning oldini olish va bartaraf qilish yo'llarini ko'rib chiqish;
- o'quvchilar xavfsizlik qoidalari hamda mehnat va ish o'rinlarni tashkil etish, ish vaqtidan foydalanish qoidalarini qanday tahlil qilish va hokazolar.
4. Yakka tartibda joriy instruktaj berish. O'quvchilarning ish jarayonida vujudga keladigan muayyan vaziyatlar xilma-xil tin'I ish i mumkin, shu bois ustozning kundalik faoliyatini tashkil etish va uning metodikasi yuzasidan maslahatlar berish imkoniyati yo'q. Shu bilan yosh ustoz o'z ishida o'quvchilarga
yakka tartibda joriy instruktaj berishning quyidagi qoidalarini bilishi va tatbiq etishi foydalidir.
- o'quvchilar faoliyatining maqsadini aniq belgilash, bu maqsadni tushunib olishlariga erishish; — har bir o'quvchining ishini e'tibor bilan o'rganish, butun guruh ishini nazardan chetda qoldirmaslik;
- o'quvchilarda o'z mehnatini mustaqil tahlil qilish, xatolarni, ularning sabablarini bartaraf etish va oldini olish usullarini qobiliyatini doimo rivojlantirish;
- o'quvchilarni o'z-o'zini nazorat qilishga rag'batlantirish, ular ishining yuqori bo'lishini ta'minlash va boshqalarni bilish zarurdir.