Darsning maqsadi


beriladi. FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 188,95 Kb.
səhifə40/116
tarix15.05.2022
ölçüsü188,95 Kb.
#115923
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
1-mavzu Tadbirkorlikning mazmuni va mohiyati darsning maqsadi

beriladi.

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Infografikada siz uchun hali notanish bo‘lgan qanday ma’lumotlar keltirilgan?

2. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning xususiy korxona yoki yakka tartibdagi

tadbirkorlik infografikasidan qanday farqli jihatlari bor?

3. Bugungi kunda eng kam ish haqining 40 baravari qanchani tashkil etadi?

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT

Siz nomidan keyin MCHJ degan qisqartma yoziladigan korxonalar

to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, «Coca-Cola Ichimligi» nomidan

keyin MCHJ (inglizcha LTD – limited) qisqartmasi mavjud bo‘lib,

bu «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan ma’noni anglatadi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) – a’zolari jamiyat majburiyatlari

bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘la35

digan

jamiyat. U bir yoki bir necha jismoniy yoxud yuridik shaxslarning

kelishuviga ko‘ra tashkil etilib, yuridik shaxs hisoblanadi.

Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi

(ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga

bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb

hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning

majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan

bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida

javobgar bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-sonli

«Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar

to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi jamiyat a’zolarining ulushlarini

qo‘shish orqali shakllantiriladi. U eng kam ish haqining 40 barobaridan

kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Jamiyat ishtirokchilari soni

50 nafardan oshmasligi lozim. Agar ishtirokchilar soni belgilangan chegaradan

oshib ketsa, jamiyatni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kerak

bo‘ladi.

Jamiyat a’zosi o‘z ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan

o‘tkazishi va sotishi mumkin. Jamiyat qarzlari bo‘yicha ta’sischilar faqatgina

kompaniyaga kiritgan hissalari doirasida javobgar hisoblanadilar, xolos.

Jamiyat foydasi uning ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi

ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi

qonunchiligiga ko‘ra, ta’sischilarga e’lon qilingan dividend summalariga

nisbatan soliq hisoblanadi.

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING

AFZALLIKLARI

Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy

korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa

muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega.

Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa,

mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi

bo‘lishi mumkin.

36

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining javobgarligi ularning

ulushi doirasida cheklanadi. Ishtirokchilar korxona faoliyatida shaxsiy

mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Jamiyatning joriy faoliyatini

ta’sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi.

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING

KAMCHILIKLARI

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan cheklab

qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga

to‘sqinlik qiladi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota

olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan

chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning

qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning

roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi

mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri

qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATDA

DIVIDENDGA SOLIQ

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘zlari olgan dividenddan

10 foiz hajmida soliq to‘laydilar.

Misol. «SAMAR-SUMBULA» MCHJning 2017-yil yakunlari bo‘yicha

sof foydasi 47 million so‘mni tashkil etdi. Jamiyat 4 ta ta’sischi tomonidan

tashkil qilingan bo‘lib, ularning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:

birinchi ta’sischi – 45%;

ikkinchi ta’sischi – 25%;

uchinchi ta’sischi – 18%;

to‘rtinchi ta’sischi – 12%.

Ushbu holatda sof foyda jamiyat ta’sischilari o‘rtasida quyidagicha

taqsimlanadi:

birinchi ta’sischi – 47000000 × 45% = 21 150 000 so‘m;

ikkinchi ta’sischi – 47000000 × 25% = 11 750 000 so‘m;

37

uchinchi ta’sischi – 47000000 × 18% = 8 460 000 (soliq summasi

8 460 000 × 10% = 846 000) so‘m;

to‘rtinchi ta’sischi – 47000000 × 12% = 5 640 000 (soliq summasi

5 640 000 × 10% = 564 000) so‘m.

Sof foydadan e’lon qilingan dividendlarga nisbatan soliq quyidagi miqdorda

hisoblanadi:

birinchi ta’sischi – 21 150 000 × 10% = 2 115 000 so‘m;

ikkinchi ta’sischi – 11 750 000 × 10% = 1 175 000 so‘m;

uchinchi ta’sischi – 8 460 000 × 10% = 846 000 so‘m;

to‘rtinchi ta’sischi – 5 640 000× 10% = 564 000 so‘m.

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!

1. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardan

farqini tushuntirib bering.

2. Nima sababdan mas’uliyati cheklangan jamiyat eng keng tarqalgan shakllardan

biri hisoblanadi?

3. Yuridik shaxslar mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischisi bo‘la oladilarmi?

4. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari soni necha kishidan oshmasligi

lozim?

5. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondining minimal miqdori qancha?

MAVZU YUZASIDAN AMALIY TOPSHIRIQ VA

MASHQLAR

1. «UMIDA-NIGORA» MCHJning 2017-yil yakunlari bo‘yicha sof

foydasi 90 million so‘mni tashkil etdi. Jamiyat 4 ta ta’sischi tomonidan

tashkil qilingan bo‘lib, ularning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:

birinchi ta’sischi – 40%;

ikkinchi ta’sischi – 25%;

uchinchi ta’sischi – 18%;

to‘rtinchi ta’sischi – 17%.

Ushbu holatda sof foyda jamiyat ta’sischilari o‘rtasida qanday taqsimlanadi

va sof foydadan e’lon qilingan dividendlarga nisbatan qanday

miqdorda soliq hisoblanadi?


Yüklə 188,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin