Darsning maqsadi



Yüklə 476,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.04.2023
ölçüsü476,44 Kb.
#125302
1   2   3   4   5
11-sinf-ozbek-tili-namuna

Yangi mavzu bayoni: 
1-topshiriq. Berilgan tayanch so„z, so„z birikmalari va rasm asosida o„zaro 
suhbatlashing. 
Tayanch so‘z va so‘z birikmalari: MDH davlatlari, katta anjumanlar saroyi, davlat 
bayroqlari, davlat boshliqlari, sammit, teng huquqlilik, suveren davlatlar. 
1-mashq. Matnni o„qing. Ajratib ko„rsatilgan so„zlarga e‟tibor bering. 
O‘zbekiston – suveren davlat 
O„zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti hisoblanadi. 


O„zbekiston Respublikasini mustaqil davlat sifatida jahonning 166 mamlakati tan 
olgan. 133 mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o„rnatilgan. 44 mamlakat 
O„zbekistonda o„z elchixonasi va vakolatxonasini ochgan, 30 mamlakatda esa 
O„zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki vakolatxonasi mavjud. O„zbekiston 
BMTning to„la huquqli a‟zosi sifatida ko„p davlatlar bilan diplomatik, savdo-sotiq va 
ijtimoiy-madaniy aloqalarni o„rnatmoqda. O„zbekiston o„z tashqi siyosati va xalqaro 
munosabatlarni, avvalo, o„z Konstitutsiyasiga tayangan holda hamda xalqimizning 
milliy manfaatlaridan kelib chiqib, davlat suverenitetini yanada mustahkamlashga 
qaratilgan holda olib boradi. Konstitutsiyaga muvofiq O„zbekiston o„z tashqi siyosatida 
davlatlarning suveren tengligi, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo„l bilan 
hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi umume‟tirof 
etilgan qoidalardan kelib chiqadi. O„zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyodagi 
tashqi siyosatining asosiy maqsadi yagona iqtisodiy makon yaratish va uni yanada 
rivojlantirishdir. 
(«O‘zbekiston Respublikasi» ensiklopediyasidan) 
Lug‘at 
teng huquqli – равноправный 
tashqi siyosat – внешняя политика 

Yüklə 476,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin