2-mashq. Birinchi qatorda berilgan sifatlarni ikkinchi qatorda berilgan otlar bilan
bog„lab, so„z birikmalari tuzing.
Mustaqil, suveren, katta, so„lim, obod, keng, ahil, sevimli.
Vatan, ko„cha, davlat, qishloq, shahar, mahalla, oila, maktab.
3-mashq. Gaplarni so„z birikmalariga ajratib yozing. Tobe so„z va hokim so„zni
aniqlab, bog„lanish vositalarini ko„rsating.
Namuna: mustaqillik
ka erishgach, respublika
mizda amalga oshirildi, ulkan ishlar.
O„zbekiston mustaqillikka erishgach, respublikamizda ulkan ishlar amalga oshirildi.
Hozir O„zbekistonni 166 ta davlat tan olgan. Jahondagi 133 mamlakat bilan rasmiy
diplomatik munosabatlar o„rnatilgan. Toshkentda 44 dan ortiq mamlakat o„z
elchixonalarini ochgan.
4-topshiriq. Suhbat matnini o„qing va davom ettiring.
– Vatan deganda nimani tushunasiz?
– Men Vatan deganda o„z uyimni, oilamni, do„stlarimni tushunaman. Vatan –bu biz
tug„ilgan yurt. Mamlakatimizning har bir qarich yeri men uchun Vatan.
– Vatan oldidagi burch deganda nimani tushunasiz?
– Vatanni sevish – bu uni asrab-avaylash, unga xizmat qilish degani.
– Vatanga sadoqat, vatanparvarlik nimalarda aks etadi?
– ... ... ... .
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o„quvchilar dars yakunida quyida berilgan
topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
O‘quvchilarni baholash: O„quvchilar darsdagi ishtirokiga ko„ra
belgilangan
baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o„quvchilarning
kundalik
daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o„quvchilar
bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: Berilgan savollar asosida «O„zbekiston – suveren
davlat»
mavzusida matn tuzing.
1. O„zbekiston qanday respublika?
2. O„zbekiston nechta mamlakat bilan diplomatik aloqalar o„rnatgan?
3. Davlatlarning suveren tengligi nimalarda namoyon bo„ladi?
O„TIBDO„: _______