Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/59
tarix11.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#120814
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
5-sinf Tarix konspekt


Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ 5-“V”_____________________ 5-“G”______________________
Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga Vatanimiz O’zbekistonning betakror go’zalligi, hududlari, tabiati, boyliklari haqida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy – o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, ajurli arra;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – sajdagoh, tarix, vatan, aziz joy;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Kirish.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
Vatan arabcha so’z bo’lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi. Vatan – bu, siz tug’ilgan makon. Kindik qonimiz to’kilgan tuproq. Vatan bu oltin beshikdir. Vatan – yurakdagi javohir.
Vatan – Siz ta’lim olayotgan maktabingizdir. O’ynab-kulib yashayotgan shahringiz. Jonajon qishlog’ingizdir. Agar onangiz sizni dunyoga keltirgan bo’lsa, ona – Vataningiz sizni kamol toptiradi.
Tarix – arabcha so’z bo’lib, “o’tmish”, “o’tgan voqealar haqida hikoya” degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, yunon tilida “tadqiqot”, “voqealar bayoni” ma’nolarini bildiradi.
Tarix – odamlar yer yuzida qachondan beri yashayotganligi, eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha bosib o’tgan hayot yo’li, bugungi hayotni qanday qurganligi haqida ma’lumot beradi.
Tarixni o’rganish orqali ajdodlarimizning uzoq va yaqin o’tmishda nima bilan mashg’ulot bo’lganliklarini, qanday hayot kechirganliklarini hamda qanday tarixiy voqealar yuz berganligini bilib olamiz.
Sajdagoh – tiz cho’kib va bosh egib tuprog’I ko’zga surtiladigan muqaddas, aziz joy.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin