1492-yil 12-oktyabri Amerika qit’asi kashf etilgan sana bo’lib tarixga kirgan. 1498-yilda Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo’lini portugaliyalik sayyoh Vasko da Gamma ochishga muvaffaq bo’lgan. Vasko da Gamma Portugaliyaning Hindistonda egallab olgan hududlariga qirol o’rinbosari etib tayinlangan. Mashhur sayyoh Hindistonda vafot etgan. Keyinchalik yevropalik boshqa sayyohlar Avstraliya (Janubiy yer) qit’asini ham kashf etishdi.
Odamlar uchun o’zlari yashagan davrgacha noma’lum bo’lgan yangi yerlarning izlab topilganligiga buyuk geografik kashfiyotlar deyilgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Angliya davlati eng muhim dengiz savdo yo’llari ustidagi davlatga aylandi. Davlat poytaxti London shahrida savdo kemalari to’xtaydigan yirik port shahriga aylangan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ 5-“V”_____________________ 5-“G”______________________
Darsning mavzusi: Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi Darsning maqsadi: Ta’limiy – O’quvchilarga ishlab chiqarish nima ekanligini tushuntirish
Tarbiyaviy –Ishlab chiqarish texnikasini qo’llay olish usulini tadbiq eta olishini o’rgatish
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay olish
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.