IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_sinf 16.01.2017-yil. Darsning mavzusi: Maktab – ilm o‘chog‘i Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga insoniyat hayotida maktabning o’rni haqida umumiy tushuncha berish;
Tarbiyaviy – O’rta Osiyoda ta’lim va uning ahamiyati haqida ma’lumot berish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – akademiya, alloma, masjid, fan, pedagog, maktab; Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Maktab – ilm o‘chog‘i Maktab arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida “o’qish joyi” degan ma’noni anglatadi. Ilk maktablar Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda, Yevropada esa Gretsiya va Rimdavlatlarida paydo bo’lgan.
Pedagog – grekcha so’z bo’lib, “bola yetoklavchi kishi” degan ma’noni anglatadi.
Yurtimizda dastlabki madrasa X asrda Buxoro shahrida ochilgan.
Ma’mun akademiyasi: Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun 1004-yilda mamlakat poytaxtida “Dorul hikma va maorif” – ilm-fan markazi tashkil etgan. Keyinchalik olimlar uni “Ma’mun akademiyasi” deb ataganlar.
Bu ilm-fan markazida Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abulxayr ibn Hammor kabi o’sha davrning o’nlab buyuk allomalari faoliyat yuritganlar.
1017-yilga Xorazmshohlar davlati o’z mustaqilligini yo’qotgach akademiya faoliyat to’xtab qolgan. Afsuski akademiya atigi 14 yil faoliyat ko’rsatgan.
“Ilm – insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin”, - degan ibora akademiya allomalarining shiori bo’lgan.
1997-yilda O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risidagi farmoni e’lon qilindi. 2006-yilda yurtimizda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.