IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________Salimova. X.A.
Darsning mavzusi: Yurtimizning buyuk allomalari Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga IX-XII asrlarda yurtimiz allomalari haqida umumiy ma’lumot berish.
Tarbiyaviy – o’quvchilarga allomalarning hayot va ijod yo’lini tushuntirib berish.
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarbi vatanga va ilm-fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – krater, alloma, Bag’dod, astranomiya, Tib qonunlari; Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Yurtimiz allomalari Muhammad Muso al-Xorazmiy: (783-850) Al –Xorazmiy matematika, astranomiya va geografiya fanlarida doir 20 dan ortiq asar yozgan. Ulardan 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning “Al -jabr val-muqobala”, “Hind hisobi haqida” kabi asari mavjud. Xorazmiy “Al-jabr val-muqobala” kitobi bilan matematika tarixida 1-bo’lib algebra faniga asos soldi.
Ahmad al-Farg’oniy: (797-865)Al-Farg’oniy “Bayt ul-hikma”da astranomiya, matematika va geografiya kabi fanlarda ijod qilgan. Uning bizgacha 8 ta asari yetib kelgan. Allomaning eng mashhur asari “Astranomiya asoslari”. Astranomiyaga qo’shgan hissasi uchun Yevropada uni “Alfraganus” deb nomlashgan. 1998-yilda Al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi dunyo miqyosida nishonlandi.