Abu Rayhon Beruniy: (973-1048) Xorazm Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Beruniy astranomiya, matematika, fizika, geografiya, madaniyatshunoslik, til, tarix fanlari bo’yicha 160 dan ortiq asar yozgan.
Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” asarlari tarix fani uchun juda muhim.
“XI asr – Beruniy asridir”, - deb yozgan edi AQSHlik olim Jorj Sarton.
Abu Nasr Forobiy (873-950)Abu Nasr Farobiy 160 dan ortiq asarlar yozgan. Ma’lumotlarga ko’ra 70 dan ortiq tillarni mukammal bilgan ekan. “Muallim us-soniy” (ikkinchi muallik) nomi bilan shuhrat topgan. 1973-yilda Farobiyning yubiliyi keng nishonlangan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ 5-“V”_____________________ 5-“G”______________________
Darsning mavzusi: Mirzo Ulug’bek va uning akademiyasi Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarda Mirzo Ulug’bek va uning akademiyasi haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy – o’quvchilarda Mirzo Ulug’bek va uning akademiyasi haqida tushuncha berish va ular haqida dastlabki bilimini oshirish Rivojlantiruvchi – o’quvchilarbi vatanga va ilm-fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar – Rasdxona,Volter,B.Axmedov,Selenagrafiya Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.