Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə46/59
tarix11.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#120814
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
5-sinf Tarix konspekt

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”______________ 5-“B”____________________ 5“V”_______________ 5“G”__________________
Darsning mavzusi: Birinchi Jahon urushi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – O’quvchilarga Birinchi Jahon urushi haqida umumiy malumot berish
Tarbiyaviy – O’quvchilarga Birinchi Jahon urushi haqida uning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish
Rivojlantiruvchi – o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turiyangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar – Uchlar ittifoqi,antanta,mustamlakachi
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Birinchi Jahon urushi
Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o’rtasida bo’lingan dunyoni qayta bo’lib olish edi. Dunyoning yetakchi davlatlan o’z yovuz maqsadlari yo’lida ma’naviy tubanlikka ketib boyiik orttirish uchun millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog’ladilar. 1914- yilning 28- iyulida serbiyalik millatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o’ldirildi.Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo’yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga, ya’ni suiqasd yuzasidan o’tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28- iyulda Serbiyaga urush e’lon qilishiga bahona bo’ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29- iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi.Bundan Germaniya hukmron doiralari 1- avgustda Rossiyaga, 3-avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e’lon qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Germaniya Belgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to’g’risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi, Biroq, 1914-yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan «bir parcha qog’oz» deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Angliya Belgiyani himoya qilish bahonasi bilan 4- avgust kuni Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush shu tarzda boshlanib ketdi. 15- avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Radjavobini olgach, 23- avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin