IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ 5-“V”_____________________ 5-“G”______________________
Darsning mavzusi: Yozuv-insoniyatning buyuk kashfiyoti Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga ilk yozuv belgilari, qadimgi yozuv turlari haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy –o’quvchilar ongiga alifboning yaratilishi va uning bugungi kundagi ahamiyatini singdirish;
Rivojlantiruvchi – olimgan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – alifbo, iyeroglif, finikiy, buyumli yozuvlar, so’z yozuvi; Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Yozuvning paydo bo‘lishi Yozuv kishilar o’rtasidagi aloqaga xizmat qiladigan yozma belgilar tizimidir. Yer yuzida bundan besh-olti ming yil avval dastlabki yozuvlar paydo bo’lgan. Ularni Osiyo va Afrika xalqlari yaratganlar.
Alifbo – biror tilning yozuvi uchun qabul qilingan va qat’iy ketma-ketlikda joylashtirilgan yozma belgilardir. Bu belgilar harf deyiladi. “Alifbo” so’zi esa arab alifbosining birinchi harfi (alif) va ikkinchi harfi (bo) ning qo’shib aytilishdan hosil bo’lgan so’zdir.
Dunyoda birinchi alifboni, ya’ni harfli yozuvni miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalarida qadimgi finikiyaliklar yaratishgan va u “Finikiy yozuvi” deb atalgan. Finikiy alifbosi 22 ta harfdan iborat bo’lib, u ongdan chapga qarab yozilgan. Hatto hozirgi kundagi lotin va kirill yozuvlari ham finikiy yozuvidan kelib chiqqan.
O’zbekistonda bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidan foydalanilmoqda.