Xorazm davlati: Miloddan avvalgi VII asrda hozirgi O’zbekiston hududida Xorazm va Baqtriya davlatlari vujudga kelgan. Qadimgi Xorazm davlatining yirik shaharlaridan biri Tuproqqal’a bo’lgan. Xorazmda chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Tog’lardan qazib olingan zumrad toshlarga ishlov berilib, har xil buyumlar tayyorlangan. Ular Eron, Xitoy, Hinsiston, Misr singari mamalakatlarga sotilgan. Qimmatbaho metallardan tangalar zarb qilingan. Qadimgi Xorazm davlati o’zbek davlatchiligining ilk poydevori bo’lib, 2700 yillik tarixga ega.
Baqtriya davlati:Hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoliy-sharqiy qismidagi hududlarbBaqtriya davlati tasarrufida bo’lgan. Bqaqtriya podsholigining Baqtra, Sangirtepa, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on kabi shaharlari bo’lgan. Baqtra shahri Baqtriya davlatining poytaxti edi.
So’g’d davlati:Zarafshon va Qashqadaryo vohasi Sug’diyona deb atalgan. Keyinchalik bu hududda Su’g’d davlati tashkil etilgan. Aholi asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan. Sug’d aholisi hayotida hunarmandchilik va savdo ham katta o’ringa ega bo’lgan. Sug’d ham Osiyoning boshqa davlatlari bilan savdo aloqalari o’rnatgan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ 5-“V”_____________________ 5-“G”______________________
Darsning mavzusi: DunyoningQadimgi davlatlari Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga qadimgi sivilizatsiyalar haqida umumiy tushuncha berish;
Tarbiyaviy – o’quvchilarga Yevropaning dastlabki sivilizatsiyalarini tushuntirib berish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;