IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Darsning mavzusi: Savdo yo‘llari Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga qadimgi karvon savdo yo’llari haqida umumiy ma’lumot berish;
Tarbiyaviy – o’quvchilarning Buyuk Ipak yo’li haqidagi bilimlarini shakllantirish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, ajurli arra;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar – Finikiya, La’l yo’li, Pomir, Shoh yo’li; Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu.Savdo yo‘llari Qadimgi karvon savdo yo’llaridan biri “La’l yo’li” deb atalgan. Bu yo’l miloddan avvalgi 3-2 mimng yillikda ochilgan. Yo’lning “La’l yo’li” deb atalishiga bu yo’ldan qimmatbaho la’l toshining tashilishi sabab bo’lgan. U lojuvard deb ham ataladi. “La’l yo’li” Pomir tog’idan boshlanib Eron, Mesopatamiya va Misr orqali o’tgan. La’l toshlaridan yasalgan buyumlar hatto Misr fir’avnlari maqbaralaridan ham topilgan.
Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari o'rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo'lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim o'rin tutgan edi. Bu yo'l miloddan avvalgi II asrda vujudga kelgan va “Buyuk meridianal yo‘l” deb atalgan. Bu yo'lga “Ipak yo'li” degan nom 1877-yilda nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan berilgan.
Buyuk Ipak yo'li Sariq dengiz sohilidan O'rtayer dengizi sohiligacha cho'zilib ketgan. Bu yo‘l 12 ming km uzunlikda bo'lgan.
Buyuk Ipak yo'li Sharq va G‘arb mamlakatlari xalqlarini o'zaro madaniy aloqalaridan bahramand bo'lish imkonini berdi.
O’rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‘li tufayli Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo'lganlar. G‘arb mamlakatlari xalqlari esa O’rta Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o‘zlari uchun kashf qildilar. O'zbekiston aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda So‘g‘diyona gilamlari, jun gazlamalari, hunardmandchilik buyumlariga talab katta bolgan.
Buyuk Ipak yo’li Sharq va G‘arb mamlakatlari xalqiarini o'zaro madaniy aloqalaridan bahramand bo'lish imkonini berdi.