Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar – A.Temur ,Mixail Ivanin Yevropa xaloskori Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
I I. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu.SohibqironAmir Temur A.Temur 1336-yil 9-aprelda Hozirgi qashqadaryo viloyatining Yakkabog’ tumanidagi Xoja Ilg’or qishlog’ida tug’ilgan.Uning otasi Amir Tarag’ay Bahodir o’zbeklarning barlos urug’I va Kesh viloyatining nufuzli amiri bo’lgan.Onasi Takina Mohbegim Buxoroning yetuk ilm ahli xonadonlaridan birining qizi bo’lgan.A.Temurning yoshligi Shaxrisabzda o’tdi.Yetti yoshga to’lgach otasi uni o’qishga berdi. U yoshligidanoq ustozlar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o’q uzish va harbiy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lgan.17 yoshida otasining butun mol mulkini o’zi mustaqil boshqardi.Vatanimiz hududi Chingizxonning o’g’illaridan biri Chig’atoy nomi bilan ataluvchi ulus (davlat) tarkibida edi.A. Temurning Mo’g’illarga qarshi kurashi sakkiz yil davom etdi.Nihoyat ozodlik kurashchilari mo’g’il qo’shinini Movaraunnahr hududidan quvub chiqarildi.1370-yildaning 9-aprel kuni esa Amir Temur Movaraunnahr hukmdori etib e’lon qilindi.bu vaqtda u 34 yoshga to’lgan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________