D ars jihozi: mavzuga mos bukletlar, tarqatma materiallar, rasmlar, testlar, Vatan timsollari haqidagi slaydlar, DVD-disk.
Darsning texnik chizma: 1.Tashkiliy qism 5 daqiqa 2.Yangi mavuz bayoni 25 daqiqa 3.Aqliy hujum 10 daqiqa 4.Uyga vazifa 5 daqiqa Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism: Salomlashish,
Davomatni aniqlash.
2.Yangi mavzu bayoni Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng biz o’zligimizni, qadriyatlarimizni, ma'naviyatimizni teran anglay boshladik. O’zbek nomining shoni-shavkati, g’ururi dunyoga tanildi.
Xalqim, tantiliging o’zi bir olam, Yurtboshing boshingda yonib turgan sham. Ta'rifingni bitib charchamas qalam, Mag’rur o’g’lonlaring doim bor bo’lsin. Darhaqiqat o’tgan 31 yil mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu davr ichida qo’lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob qilish qiyin.
Istiqlol davrining yilma-yil tahlili yana bir muhim xulosani aytishga asos beradi: O’zbekistonimizning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy qiyofasi batamom o’zgardi. Odamlar tafakkurida keskin sifat o’zgarishi sodir bo’ldi. Bugungi xalq yigirma to’qqiz yil burungi xalq emas.
Bu o’zgarishlar, o’n-o’n besh yildan keyin yana qanday shirin mevalar berishini bir ko’z o’ngimizga keltirib ko’raylik. Shunda ko’ngilga baxtiyor umidbaxshlik, shukr va faxr xissi inadi.
Mustaqillik, avvalo, millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa - biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog’liq barcha masalalarni o’zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi.
Mamlakat hayotida yuz berayotgan o’zgarishlarni uchta - siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlarga bo’lib tahlil etish mumkin.
Siyosiy jihatdan O’zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko’rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o’rinni egalladi. O’z ovoziga, o’ziga xos mavqeiga ega bo’ldi.
Televideniye orqali ko’rayotgan bo’lsangiz, xalqimiz bizdan rozi bo’lishi kerak deb, bir qancha kam ta’minlangan oilalarni, nogironlarni uy-joy bilan ta’minlayaptilar.
Tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash maqsadida turli kreditlar berila boshlandi, buning natijasida esa bir qancha aholi doimiy ish bilan ta’minlandi.
Siyosiy tomondan ko’radigan bo’lsak, qo’shni davlatlar bilan aloqalar qayta tiklandi.