7. Excelda jadval hisoblashlar, diagrammalar va grafiklar qurish. 7.1. Tashkilot xodimlaridan 10 nafari xizmat safari bilan mos ravishda turli
kunlarga va turli shaharlarga borib kelishdi. Xizmat safariga borib kelgan
xodimlarning xarajatlarini MS Excel dasturi yordamida hisoblang. Hisoblangan
jadvalning oxirgi ustunidagi ma‘lumotlarga nisbatan diagramma tuzing.
Ushbu masalani yechish uchun rasmda ko’rsatilganidek hamma ma‘lumotlar
kiritilib bo’lgandan sung, ya‘ni xizmat safari manzili, kunlik xarajat, yul chiptasi
narxi, mexmonxona narxi va safar kunlari soni kiritilib jami xarajatni hisoblash uchun
qo’yidagi =D5*G5+E5*2+F5*G5 formulani kiritib
Enter tugmasi bosamiz. natijada
1-xodim uchun xizmat xarajatini hisoblagan bo’lamiz.
9-rasm
19
Qolgan xodimlar (ya‘ni pastki kataklar) uchun hicoblash uchun usha formulani
pastdagi kataklarga tegishli qilamiz. Buning uchun kursorni H5 katagiga qo’yib
sichqoncha kursatgichini katakning pastki o’ng burchagiga olib kelib sichqonchani
chap tugmasini bosgan holda pastga tortamiz. Bu jarayon 10-rasmda tasvirlangan.
Shu tarzda xizmat safari xarajatlar hisoblash qaydnomasi tuziladi. Bu 10-rasmda
ko’rsatilgan.
10-rasm
Hisoblangan jadvalning oxirgi ustunidagi ma‘lumotlar buyicha diagramma tuzish
uchun, ushbu ustundagi axborotlarni belgilab
Diagramma ustasi ni ishga tushirish
uchun menyudan
Вставить ► Диаграмма burug’idan yoki instrumentlar panelidan
Diagramma ustasi tugmasidan foydalanish mumkin.
1.
Diagramma ustasi panelidan diagramma tipi va ko’rinishi tanlang.
Masalan,
гистограмма .