Dasturlash I” fanidan 3-ma’ruza bo`yicha mustaqil topshiriqlar



Yüklə 27,52 Kb.
səhifə1/2
tarix04.03.2023
ölçüsü27,52 Kb.
#123822
  1   2
Topshiriq 3


Dasturlash I” fanidan 3-ma’ruza bo`yicha mustaqil topshiriqlar


3-ma’ruza bo`yicha mustaqil topshiriqlar

  1. Quyidagi tushunchalarga qisqacha izohlar bering:

    1. sonli ma’lumot turlari

    2. hisoblash ifodalari

    3. hisoblash operatorlari

    4. inkrement operator

    5. dekrament operator

    6. raqamli tur konvertatsiyasi

    7. dasturning hayot sikli




  1. Test savollariga javob bering.

    1. Funksiya tarkibida MAX_LENGTH o`zgarmasni e’lon qilish uchun … deb yoziladi.

  1. const MAX_LENGTH = 99.98;

  2. const float MAX_LENGTH = 99.98;

  3. double MAX_LENGTH = 99.98;

  4. const double MAX_LENGTH = 99.98;

    1. define direktivasidan foydalangan holda MAX_LENGTH o`zgarmasini e’lon qilish uchun … deb yoziladi.

  1. #define MAX_LENGTH = 99.98;

  2. #define MAX_LENGTH = 99.98

  3. #define MAX_LENGTH 99.98;

  4. #define MAX_LENGTH 99.98

    1. Dasturda o`qilishi va sozlashlarni amalga oshirishda qulaylikka erishish maqsadida 3.14159 kabi literal qiymatlarni _______da e’lon qilish kerak.

  1. o`zgaruvchilar

  2. funksiyalar

  3. o`zgarmaslar

  4. sinflar

    1. Qaysi ma’lumot turi xotiradan eng ko`p joyni talab qiladi?

  1. long

  2. int

  3. short

  4. double

  5. long double

    1. Quyidagi kodni tahlil qiling:

#include 
using namespace std;

int main()


{
int n = 10000 * 10000 * 10000;
cout << "n = " << n << endl;

return 0;


}

  1. Dastur n = 1000000000000ni ko`rsatadi

  2. 10000 * 10000 * 10000 ning qiymati intturiga mansub nning sonli oraliq qiymatidan oshib ketadi. Oshib ketish sababiga ko`ra dastur bajarilmasdan to`xtatiladi.

  3. 10000 * 10000 * 10000 ning qiymati intturiga mansub nning sonli oraliq qiymatidan oshib ketadi. Bu oshib ketish holatini yuzaga keltiradi va dastur bajarilishda davom etadi. Chunki, C++ oshib ketish haqida xatolik bermaydi.

  4. 10000 * 10000 * 10000 ning qiymati intturiga mansub nning sonli oraliq qiymatidan oshib ketadi. Oshib ketmaslik sababiga ko`ra dastur bajarilmasdan to`xtatiladi

  5. 10000 * 10000 * 10000 ning qiymati intturiga mansub nning sonli oraliq qiymatidan oshib ketadi. Oshib ketmaslik sababi yuzaga keladi va dastur bajarilishda davom etadi. Chunki, C++ oshib ketmaslik haqida xatolik bermaydi.

    1. 45/4 ning natijasi nima bo`ladi?

  1. 10

  2. 11

  3. 11.25

  4. 12

    1. Quyidagi ifodalarning qaysi biri 0.5 qiymatga teng?

  1. 1 / 2

  2. 1.0 / 2

  3. (double) (1 / 2)

  4. (double) 1 / 2

  5. 1 / 2.0

  6. B, D, E javoblar

    1. Quyidagi ifodalarning qaysi biri 1 qiymatli natija beradi?

  1. 2 % 1

  2. 15 % 4

  3. 25 % 5

  4. 37 % 6

    1. 25 % 1 ning qiymati ­­­___ ga teng.

  1. 1

  2. 2

  3. 3

  4. 4

  5. 0

    1. 25 % 5 ning qiymati ­­­___ ga teng.

  1. 1

  2. 2

  3. 3

  4. 4

  5. 0

    1. 24 % 5 ning qiymati ­­­___ ga teng.

  1. 1

  2. 2

  3. 3

  4. 4

  5. 0

    1. -24 % 5 ning qiymati ­­­___ ga teng.

  1. -1

  2. -2

  3. -3

  4. -4

  5. 0

    1. -24 % -5 ning qiymati ­­­___ ga teng.

  1. 3

  2. -3

  3. 4

  4. -4

  5. 0

    1. Quyidagi dastur kodini tahlil qiling:

#include 
using namespace std;

int main()


{
int oy = 09;
cout << "oy " << month;

return 0;


}

  1. Dastur ko`rsatuvchi natija: 09

  2. Dastur ko`rsatuvchi natija: 9

  3. Dastur ko`rsatuvchi natija: 9.0

  4. Dasturda sintaksis xatolik mavjud, chunki 0.9 noto`g`ri literal qiymat

    1. Quyidagi kodda y qanday qiymatmatni ko`rsatadi?

#include 
using namespace std;

int main()


{
int x = 1;
int y = x = x + 1;
cout << "y = " << y;

return 0;


}

  1. y = 0

  2. y = 1, chunki x o`zgaruvchi y ga birinchi marta ta’minlanyapti.

  3. y = 2, chunki x+1ning qiymati x ga ta’minlanyapti va undan keyin xning qiymati y ga ta’minlanyapti.

  4. Dasturda kompilyatsion xatolik mavjud, chunki, int y = x = x + 1 ko`rsatma satrida x e’lon qilinmagan.

    1. (4 + 1) * ((5 - 2) / 2) ning qiymati nimaga teng?

  1. 4

  2. 5

  3. 5.0

  4. 7.5

  5. 5.5

    1. Time funksiyasi qaysi bosh (kutubxona) faylda taniladi?

  1. time

  2. ctime

  3. cctype

  4. cstdlib

  5. cmath

    1. time(0) ushbu natijani chiqaradi: ____________.

  1. Joriy vaqtning soati, daqiqasi va soniyasini.

  2. GMT 1970 yil, 1-yanvarga o`tar kechasidan buyon o`tgan vaqtning millisekundlardagi qiymatini.

  3. GMT 1970 yil, 1-yanvarga o`tar kechasidan buyon o`tgan vaqtning sekundlardagi qiymatini.

  4. GMT 1970 yil, 1-yanvarga o`tar kechasidan buyon o`tgan vaqtning daqiqalardagi qiymatini.


    1. Yüklə 27,52 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin