3.8.Ob’yekt kompozitsiyasi Key Point. Ob’yekt boshqa bir ob’yektdan tashkil topishi mumkin. Ular o`rtasidagi munosabat kompozitsiya deyiladi. Biz 3.11-kodli ro`yxatda, tarkibida satrli ma’lumotlar maydoni bo`lgan BMI sinfini aniqladik. BMIvastring o`rtasidagi aloqa kompozitsiya sanaladi.
Kompozitsiya aslida, munosabatlar jamlanmasining alohida bir bo`lagi hisoblanadi. Jamlash modellari munosabatlarga ega va ikki ob’yekt o`rtasidagi xususiy munosabatlarni taqdim etadi. Xususiy ob’yekt jamlovchi ob’yekt, uning sinfi esa, jamlovchi sinf deb ataladi. Ob’yekt boshqa bir qancha jamlovchi ob’yektlar tomonidan egallangan bo`lishi mumkin. Agar ob’yekt jamlovchi ob’yekt tomonidan faqat bir o`zi, yolg`iz ob’yekt sifatida bog`langan bo`lsa, u holda, ob’yekt va uning jamlovchi ob’yekti o`rtasidagi munosabat kompozitsiya deyiladi. Masalan, “O`quvchining ismi mavjud”. Bu “Talaba” va “Ism” sinflari o`rtasidagi kompozitsion aloqa hisoblanadi, u yerda “talabaning manzilga ega ekanligi” esa, Talaba bilan Manzil o`rtasida bog`lovchi aloqani o`rnatadi, shu o`rinda, manzil bir qancha talabalar uchun umumiy bo`lishi mumkin. UML da, 3.12-rasmda ko`rsatilganidek, ichi to`ldirilgan romb jamlovchi sinf bilan kompozitsion aloqa o`rnatish uchun (masalan, Ism ni)jamlovchi sinfga bog`laydi (masalan, Talaba ga), ichi bo`sh romb esa, jamlovchi sinf bilan kompozitsion aloqa o`rnatish uchun (masalan, Manzil ni) jamlovchi sinfga bog`laydi (masalan, Talaba ga).
3.12-rasm. Talabada ism va manzil mavjud. Munosabatda qatnashuvchi har bir sinf o`ziga xosko`plikbo`lishi mumkin.Ko`plik munosabatlarda ishtirok etuvchi sinf ob’yektlari qancha sinf ob’yektlari borligini ifodalovchi son yoki interval bo`lishi mumkin.*belgisi – chegaralanmagan ob’yektlar sonini anglatadi, m..n esa, m va n orallig`iga kiruvchi ob’yektlar sonini ifodalaydi. 3.12-rasmda har bir talaba faqat bitta manzilga ega va har bir manzil uchta talaba uchun umumiy bo`lishi mumkin. Har bir talaba bitta ismga ega va ism har bir talaba uchun yagona.
Jamlovchi sinfda, jamlovchi munosabatlar odatda, ma’lumotlar maydoni sifatida taqdim etiladi. Masalan, 3.12-rasmdagi jamlovchi munosabatni quyidagicha taqdim etish mumkin:
Jamlanish bitta sinfning ob’yektlari o`rtasida bo`lishi ham mumkin. Misol uchun, insonning rahbari bo`lishi mumkin. Bu 3.13-rasmda tasvirlangan.
3.13-rasm. Insonning rahbari bo`lishi mumkin. 3.13-rasmda ko`rsatilganidek, “Insonning rahbari bo`lishi mumkin” munosabatida, rahbar Person sinfida, ma’lumotlar maydoni sifatida, quyidagicha ko`rinishda taqdim etilishi mumkin: