Dasturlash II 3-hafta mavzu: Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash uslubi


at, clear, erase, vaempty funksiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə3/18
tarix11.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#132197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
D2 maruza-3 Ob’ektga yo‘naltirilgan fikrlash. String sinfi, ob’yektlar massivi

2.3.4. at, clear, erase, vaempty funksiyalari
Muayyan indeksda joylashgan belgini olish uchun at(index) funksiyasidan, satrni tozalash uchun clear() funksiyasidan, satr qismini o`chirish uchun erase(index, n) funksiyasidan va satr bo`sh yoki yo`qligini tekshirish uchun empty()funksiyasidan foydalanishimiz mumkin (3.3-rasm).


3.3-rasm. string sinfi satrga belgini qaytaruvchi, satrni tozalovchi va o`chiruvchi funksiyalarni taqdim etadi.

Misol uchun,


string s1("Xush kelibsiz!");
cout<< s1.at(3) << endl; // s1.at(3) h ni qaytaradi
cout<< s1.erase(8, 5) << endl; //endi s1 ning qiymati: Xush kel!
s1.clear(); // s1 bo`sh
cout<< s1.empty() << endl; // s1.empty 1 ni qaytaradi (true ni anglatadi)
3.2.5. length, size, capacity, vac_str() funksiyalari.
Satr uzunligi, o`lchami va hajmini aniqlash uchun length, size vacapacity funksiyalaridan, C-stringni qaytarish uchun esa, c_str()funksiyalaridan foydalanishimiz mumkin (3.4-rasm).


3.4-rasm. string sinfi satrga Satr uzunligi, o`lchami va hajmini aniqlash va mazkur satr uchun C-stringni qaytarish funksiyalarini taqdim etadi.
Misol sifatida quyidagi kodni ko`rib chiqamiz:
1 string s1("Welcome");
2 cout<< s1.length() << endl; //uzunligi 7
3 cout<< s1.size() << endl; //o`chami 7
4 cout<< s1.capacity() << endl; //hajmi 15
5
6 s1.erase(1, 2);
7 cout<< s1.length() << endl; //Uzunlik endi 5
8 cout<< s1.size() << endl; //O`lcham endi 5
9 cout<< s1.capacity() << endl; //Hajm endi 15


3.2.6. Satrlarni taqqoslash.
Dasturlash davomida, ko`pincha, ikki satr tarkiblarini taqqoslashga to`g`rikeladi. Bu funksiya agar satrimiz boshqa bir satrdan katta, unga teng yoki undan kichik bo`lsa, 0 dan katta, 0 yoki 0 dan kichik ko`rinishidagi int qiymat qaytaradi (3.5-rasm).


3.5-rasm. string sinfi satrlarni taqqoslashfunksiyalarini taqdim etadi.
Misol uchun,
string s1("Salom");
string s2("Salom!");
cout<< s1.compare(s2) << endl; //–1 ni qaytaradi
cout<< s2.compare(s1) << endl; // 1 ni qaytaradi
cout<< s1.compare("Salom") << endl; //0 ni qaytaradi



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin