Dasturlash II 3-hafta mavzu: Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash uslubi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə4/18
tarix11.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#132197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
D2 maruza-3 Ob’ektga yo‘naltirilgan fikrlash. String sinfi, ob’yektlar massivi

3.2.7. Ichki satrlarni olish.
at funksiyasidan foydalanib satrdan bitta belgini olishimiz mumkin. Shuningdek, biz substr funksiyasidan foydalangan holda, satrdan ichki satrni olishimiz ham mumkin (3.6-rasm).


3.6-rasm. string sinfi ichki satrni olish funksiyalarini taqdim etadi.
Misol uchun,
string s1("Salom");
cout<< s1.substr(0, 1) << endl; //S ni qaytaradi
cout<< s1.substr(2) << endl; //lom ni qaytaradi
cout<< s1.substr(1, 3) << endl; //alo ni qaytaradi
3.2.8. Satrdan qidirish.
Satrdan biror ichki satr yoki bitta belgini qidirish uchun find funksiyasidan foydalanishimiz mumkin (3.7-rasm). Agar so`raglan qism topilmasa, funksiya string::npos (not a position – bu joyda yo`q) natijasini qaytaradi. Bu yerda nposstringsinfda aniqlangan o`zgarmas.


3.7-rasm.string sinfi ichki satrni qidirish funksiyalarini taqdim etadi.
Misol uchun,
string s1("Welcome to HTML");
cout<< s1.find("co") << endl; // 3 ni qaytaradi
cout<< s1.find("co", 6) << endl; // string::npos ni qaytaradi
cout<< s1.find('o') << endl; // 4 ni qaytaradi
cout<< s1.find('o', 6) << endl; // Vozvrashayet 9


3.2.9. Satr kiritish va almashtirish
Satrda ichki satrni kiritish yoki almashtirish uchun insertvareplace funksiyalaridan foydalanishimiz mumkin (3.8-rasm).

string



+insert(index: int, s: string): string
+insert(index: int, n: int, ch: char): string

+replace(index: int, n: int, s: string): string



Joriy satrning berilgan indeks o`rnidan boshlab s ichki satrni kiritadi
Joriy satrning berilgan indeks o`rnidan boshlab ch belgini nmarta kiritadi
Joriy satrning berilgan indeks o`rnidan boshlab n ta belgini s satr bilan almashtiradi


3.8-rasm. string sinfi satr kiritish va almashtirishfunksiyalarini taqdim etadi.
Bu yerda insertvareplace funksiyalaridan foydalanishga oid misollar keltirilgan:
string s1("Welcome to HTML");
s1.insert(11, "C++ and ");
cout<< s1 << endl; // s1 ning qiymati:Welcome to C++ and HTML
string s2("AA");
s2.insert(1, 4, 'B');
cout<< s2 << endl; // s2 ning qiymati:ABBBBA
string s3("Welcome to HTML");
s3.replace(11, 4, "C++");
cout<< s3 << endl; // s3 ning qiymati:Welcome to C++



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin