3.2.10. Satr operatorlari Satrlar bilan bog`liq operatsiyalarni soddalashtirish maqsadida, C++ operatorlarni qo`llaydi. 3.1-jadvalda satr operatorlari ro`yxati keltirilgan.
3.1-jadval. Operatorlari ro`yxati
Operator
Tavsifi
[]
=
+
+=
<<
>>
==, !=, <,
<=, >, >=
Massiv indeksi operatorini qo`llagan holda balgiga murojaat qilish.
Mavjud bir satrni boshqasiga nusxalaydi.
Ikki satrni yangi satrda birlashtiradi.
Bir satr tarkibini boshqasiga qo`shadi.
Satrni oqimga kiritadi
Oqimdan belgilarni bo`sh joylar yoki nol terminator belgilari orqali satrga фокфешиoladi
Satrlarni taqqoslovchi oltita tegishlilik operatorlari.
Ushbu operatorlarning qo`llanilishiga doir misollar:
3.2.11. Sonlarni satrlarga o`tkazish Bilamizki, satrlarni butun yoki haqiqiy sonlarga aylantirish uchun atoivaatof funksiyalaridan foydalaniladi. Shuningdek, biz itoa funksiyasini qo`llagan holda, butun sonni satrga o`tkazishimiz ham mumkin. Ba’zi hollardabizga haqiqiy sonni satr turiga o`tkazish kerak bo`lib qoladi. Bunday konvertatsiya (o`tkazish, o`girish)ni amalga oshirish uchun funksiya yozishimiz mumkin. Bunday hollarda oddiy usullardan biri – kutubxona faylidagi stringstream sinfidan foydalanishdir. stringstream sinfi agar satrlar kiritish/chiqarish oqimi sifatida kelsa, ularga ishlov berish interfeysini taqdim etadi. stringstream ni qo`llashga doir birgina misol – sonni satrga o`girish quyida berilgan:
1 stringstream ss;
2 ss <<3.1415;
3 string s = ss.str();