voidprintCircle(const Circle& c)
{
cout<radiusli doira yuzasi: "
<}
Shunga e’tibor qaratish kerakki, bu yerda, agar getRadius() yoki getArea() funksiya const sifatida aniqlanmagan bo`lsa, bu kod kompilyatsiya qilinmaydi. Agar 2.9-kodli ro`yxatdagi Circlesinfidan foydalansak, yuqoridagi funksiya kompilyatsiya qilinmaydi, sababi, getRadius() vagetArea() funksiyalar const sifatida aniqlanmagan.Lekin, agar 3.9-kodli ro`yxatda aniqlangan Circle sinfidan foydalansak, yuqoridagi funksiya kompilyatsiya qilinadi, sababi, getRadius() vagetArea() funksiyalar const sifatida aniqlangan.
Maslahat.const sozlovchisidan o`zgarmas murojaat parametrini yoki o`zgarmas a’zo funksiyani ko`rsatishda foydalanish mumkin. Biz barcha zarur bo`lgan hollarda const sozlovchisidan foydalanish zarur.
3.7. Ob’yekt ichida fikrlash Key Point. Protsedurali paradigma funksiyalarni loyihalashga qaratiladi. Ob’yektga yo`naltirilgan paradigma ob’yektdagi ma’lumotlar va funksiyalarni e’lon qiladi. Ob’yektga yo`naltirilgan paradigmadan foydalanib dasturiy ta’minotni loyihalash ob’yektlarga va ob’yekosti operatsiyalarga qaratilgan. Ushbu kurslarda sikllar, massivlar va funksiyalardan foydalangan holda, masalani yechishning asosiy usullari taqdim etilgan. Bu usullar ob’yektga yo`naltirilgan dasturlash uchun mustaxkam poydevor o`rnatadi. Sinflar ko`p sonli foydalaniluvchi dasturlar yaratish uchun ko`proq moslashuvchanlik va modullilikni ta’minlaydi. Bu qismda 1-semestrda berilgan masalalar yechimini yaxshilash uchun ob’yektga yo`naltirilgan yondashuvdan foydalaniladi. Yxashilanishlarni kuzatib, protsedurali dasturlash va ob’yektga yo`naltirilgan dasturlash o`rtasidagi tafovutni tasavvur qilish hamda sinflar va ob’yektlardan foydalangan holda ko`p sonli foydalanishga mo`ljallangan kodlarni ishlab chiqish samaradorligini ko`rish mumkin.
Og`irlik ko`rsatkichini hisoblash masalasida ComputeAndInterpreteBMI.cpp – tana og`irligi ko`rsatkichini hisoblash dasturi berilgan. Bu dasturdan boshqa dasturlarda foydalanib bo`lmaydi. Bu dasturni ko`p sonli foydalaniladigan qilish uchun, quyidagicha ko`rinishda tana og`irligi ko`rsatkichini hisoblash funksiyasini aniqlash lozim: