Dasturlash II 3-hafta mavzu: Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash uslubi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə5/18
tarix11.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#132197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
D2 maruza-3 Ob’ektga yo‘naltirilgan fikrlash. String sinfi, ob’yektlar massivi

3.2.10. Satr operatorlari
Satrlar bilan bog`liq operatsiyalarni soddalashtirish maqsadida, C++ operatorlarni qo`llaydi. 3.1-jadvalda satr operatorlari ro`yxati keltirilgan.
3.1-jadval. Operatorlari ro`yxati

Operator

Tavsifi

[]
=
+
+=
<<
>>


==, !=, <,
<=, >, >=

Massiv indeksi operatorini qo`llagan holda balgiga murojaat qilish.
Mavjud bir satrni boshqasiga nusxalaydi.
Ikki satrni yangi satrda birlashtiradi.
Bir satr tarkibini boshqasiga qo`shadi.
Satrni oqimga kiritadi
Oqimdan belgilarni bo`sh joylar yoki nol terminator belgilari orqali satrga фокфешиoladi

Satrlarni taqqoslovchi oltita tegishlilik operatorlari.



Ushbu operatorlarning qo`llanilishiga doir misollar:


string s1 = "ABC"; // = operatori
string s2 = s1; // = operatori
for(int i = s2.size() – 1; i >= 0; i--)
cout<< s2[i]; // [] operatori
string s3 = s1 + "DEFG"; // + operatori
cout<< s3 << endl; // s3 ning qiymati: ABCDEFG
s1 += "ABC";
cout<< s1 << endl; // s1 ning qiymati: ABCDEFG
s1 = "ABC";
s2 = "ABE";
cout<<(s1 == s2) << endl; // 0 (false) chiqaradi
cout<<(s1 != s2) << endl; // 1 (true) chiqaradi
cout<<(s1 > s2) << endl; // 0 (false) chiqaradi
cout<<(s1 >= s2) << endl; // 0 (false) chiqaradi
cout<<(s1 < s2) << endl; // 1 (true) chiqaradi
cout<<(s1 <= s2) << endl; // 1 (true) chiqaradi


3.2.11. Sonlarni satrlarga o`tkazish
Bilamizki, satrlarni butun yoki haqiqiy sonlarga aylantirish uchun atoivaatof funksiyalaridan foydalaniladi. Shuningdek, biz itoa funksiyasini qo`llagan holda, butun sonni satrga o`tkazishimiz ham mumkin. Ba’zi hollardabizga haqiqiy sonni satr turiga o`tkazish kerak bo`lib qoladi. Bunday konvertatsiya (o`tkazish, o`girish)ni amalga oshirish uchun funksiya yozishimiz mumkin. Bunday hollarda oddiy usullardan biri – kutubxona faylidagi stringstream sinfidan foydalanishdir. stringstream sinfi agar satrlar kiritish/chiqarish oqimi sifatida kelsa, ularga ishlov berish interfeysini taqdim etadi. stringstream ni qo`llashga doir birgina misol – sonni satrga o`girish quyida berilgan:
1 stringstream ss;
2 ss <<3.1415;
3 string s = ss.str();



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin