Dasturlash II 7-hafta mavzu: shablonlar, vektorlar va steklar


delete elements; // 45-qator delete



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə2/5
tarix28.01.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#122699
1   2   3   4   5
Dasturlash II 7-hafta mavzu shablonlar, vektorlar va steklar

delete elements; // 45-qator
delete old; // 79-qator
Oddiy turdagi qiymatlar steki uchun dastur kompilyatsiya qilinadi va juda yaxshi bajariladi, lekin, ob’yektlar steki uchun bu jumlalar noto`g`ri. delete[] elements ko`rsatmasi dastlab, elementlar massividagi har bie ob’yekt uchun destruktor ni chaqiradi va keyin massivni o`chiradi, delete elements esa, massivning faqatgina birinchi elementi uchun destruktor chaqiradi.


7.2. C++ ning vector sinfi
Key Point. C++ ob’yektlar ro`yxatini yozish uchun, tarkibida umumiy vector sinfini saqlaydi.
C++da satrlar va int qiymatlar kabi ma’lumotlar jamlanmasini yozish uchun massivdan foydalanishimiz mumkin. Bu yerda jiddiy cheklash mavjud: Massiv yaratilganda, uning hajmi o`zgarmas holga o`tadi. C++ massivlarga nisbatan ko`proq qayishqoq (egiluvchan) bo`lgan, vector sinfini taqdim etadi. Vector sinfidan xuddi massiv singari foydalanishimiz mumkin, lekin vektor hajmi, agar zarur bo`lsa, avtomatik tarzda oshadi.
Vektorni quyidagicha sintaksis asosida hosil qilish mumkin:
vector vektorNomi;
Masalan,
vector <int> intVector;
int qiymatlarni yozish uchun vektor hosil qilishga mo`ljallangan.
vector <string> stringVector;
esa, satrli ob’yektlarni yozuvchi vektorni hosil qiladi.
7.1-rasm sinfning UML diagrammasi orqali, vector sinfida tez-tez qo`llanilib turuvchi funksiyalar ro`yxatini taqdim etadi.

7.1-rasm. vector sinfi o`zgaruvchan massiv vazifasini o`taydi.
Shuningdek biz, jimlik qoidasi bo`yicha berilgan qiymatlar bilan to`ldirilgan hajmdagi vektorni ham hosil qilishimiz mumkin. Masalan, quyidagi kod, jimlik qoidasiga ko`ra ­­0 qiymati bilan, yuklanuvchi o`lchami 10 ga teng bo`lgan vektorni hosil qiladi:
vector <int> intVector(10);
Vektorga massivni ifodalovchi [] operatori bilan murojaa tqilish mumkin. Masalan,
cout << intVector[0];
vektorning birinchi elementirni konsolga chiqaradi.

Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin