Dasturlash II 7-hafta mavzu: shablonlar, vektorlar va steklar


Eslatma. Massivni ifodalovchi []



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə3/5
tarix28.01.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#122699
1   2   3   4   5
Dasturlash II 7-hafta mavzu shablonlar, vektorlar va steklar

Eslatma. Massivni ifodalovchi [] operatoridan foydalanish uchun, element oldindan vektorda mavjud bo`lishi lozim. Massivdagi kabi, vektorning ham birinchi elementi 0 - indeksda, so`nggi elementi esa, v.size() – 1 -indeksda joylashadi. Vektorlardan foydalanishda bunday chegaradan chiqib kelish – xatoliklarga sabab bo`ladi.
7.2-kodli royxatda vektorlardan foydalanishga doir misol berilgan.
7.2-kodli royxat. TestVector.cpp
1 #include
2 #include
3 #include
4 using namespace std;
5
6 int main()
7 {
8 vector <int> intVector;
9
10 // Vektorga 1, 2, 3, 4, 5, ..., 10 sonlarini yozish
11 for (int i = 0; i < 10; i++)
12 intVector.push_back(i + 1);
13
14 // Display the numbers in the vector
15 cout << "Vektordagi sonlar: ";
16 for (int i = 0; i < intVector.size(); i++)
17 cout << intVector[i] << " ";
18
19 vector <string> stringVector;
20
21 // Vectorga satr yozish
22 stringVector.push_back("Dallas");
23 stringVector.push_back("Houston");
24 stringVector.push_back("Austin");
25 stringVector.push_back("Norman");
26
27 // Vektordagi satrni konsolga chop etish
28 cout << "\nSatrli vektordagi satrlar: ";
29 for (int i = 0; i < stringVector.size(); i++)
30 cout << stringVector[i] << " ";
31
32 stringVector.pop_back(); // Remove the last element
33
34 vector v2;
35 v2.swap(stringVector);
36 v2[0] = "Atlanta";
37
38 // Vektordagi satrni qayta chop etish
39 cout << "\nv2 vektordagi satrlar: ";
40 for (int i = 0; i < v2.size(); i++)
41 cout << v2.at(i) << " ";
42
43 return 0;
44 }
Natija:

Vektordagi sonlar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Satrli vektordagi satrlar: Dallas Houston Austin Norman
v2 vektordagi satrlar: Atlanta Houston Austin

Dasturda vector sinfidan foydalanish uchun 2-qatordagi kabi kutubxona fayli chaqiriladi. Shuningdek, dasturda string sinfidan foydalanish uchun, 3-qatorda, string sinfining kutubxona fayli ham chaqirilgan.


Dasturning 8-qatorida int qiymatlarni yozish uchun vektor yaratilgan. Bu int qiymatlar 12-qatorda vektorga qo`shilgan. Bunda vektor o`lchamiga chehara qo`yilmagan. Vektor hajmi unga qo`shilgan elementlar soniga bog`liq ravishda, avtomatik oshadi. Dasturning 15-17-qatorlari vektordagi barcha int qiymatlarni chop etadi. Shunga e’tibor qaratish kerakki, 17-qatordagi oraliqni anglatuvchi [] operatori elementni qaytarish uchun qo`llanilgan.
1-qatorda satrlarni yozish uchun vektor hosil qilingan. Vektorga to`rtta satr qo`shilgan (22-25-qatorlar). Dastur 29-39-qatorlarda vektordagi barcha elementlarni chop etadi. 30-qatorda esa, elementni qaytarish uchun, massiv oralig`ini anglatuvchi [] operatori ishlatilgan.
32- qator vektordan oxirgi satrni o`chiradi. 34-qator esa, boshqa bir, v2 nomli vektor yaratadi. 35-qator v2 ni stringVector bilan almashtiradi. 36-qator v2[0] ga yangi satr ta’minlaydi. 40-41-qatorlarda, dastur v2 dagi satrlarni ko`rsatadi. Shunga e’tibor berish kerakki, bu yerda elementlarni qaytarish uchun at funksiyasi qo`llanilgan. Shuningdek, massiv elementlarini qaytarish uchun oraliqni anglatuvchi [] operatoridan ham foydalanishimiz mumkin.

Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin