Dasturlash tillarini o’qitishning interaktiv metodlari mundarija: Kirish


Solishtirish amali belgisining Paskaldagi yozilishi



Yüklə 81,83 Kb.
səhifə6/8
tarix26.11.2022
ölçüsü81,83 Kb.
#119973
1   2   3   4   5   6   7   8
DASTURLASH TILLARINI O’QITISHNING INTERAKTIV METODLARI

Solishtirish amali belgisining Paskaldagi yozilishi

Amalning matematik ifodasi

Amalning ma‘nosi

=

=

Teng

<>



Tengmas

<

<

Kichiq

<=



Kichiq yoki teng

>

>

Katta

>=



Katta yoki teng

II. BOB. DASTURLASH ASOSLARI BO’YICHA MULTIMEDIALI O’RGATUVCHI TIZIMNI O’QUV JARAYONIGA JORIY ETISH.
2.1. DASTURLASH TILLARINI O’QITISH
Dasturlash asoslarini o‘rgatish oliy ta‘lim tizimidagi bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bundan asosiy maqsad, olingan bilimlar bazasida talabalarda keyingi kurslarni o‘zlashtirish uchun fundament hosil qilishdan iborat. Masalan, axborot tizimlari, axborot tizimlarini loyihalash, informatika va dasturlash usullari bo‘yicha yuqori darajali bilimlarni olishga imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ushbu maqolada yuqorida keltirilgan dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizim va undan foydalanuvchilarni dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi multimediali o‘quv kurslaridan tashkil topgan o‘rgatuvchi izimni ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy qilish tajribalari haqida fikr yuritamiz.7
Bunday tizimlarni joriy qilish natijasida quyidagilarga erishiladi: - dasturlash asoslari bo‘yicha tarmoq texnologiyalari asosida (on-line rejimida) bilim olish; - talabaga qulay bo‘lgan vaqt va joyda bilim olish; - olingan bilimlarni shu vaqtning o‘zida amaliyotda sinovdan o‘tkazish va baholash; - bilim olish jarayonida tuғilgan muammolar bo‘yicha ta‘lim beruvchi bilan tarmoq orqali muloqotga kirishish va maslahatlar olish; - zamonaviy vositalarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish; - kommunikatsiya vositalari yordamida elektron o‘quv qo‘llanmalarni tezkorlik bilan yetkazib berish va olish; - ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi o‘rtasidagi doimiy muloqotni tashkil etish va h.k. Shu bilan birgalikda, dunyo miqyosida sinovdan o‘tkazilayotgan va respublikamizda amaliyotga joriy etish uchun tayyorlanayotgan masofaviy ta‘lim tizimini qo‘llash uchun ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniyatlari tuғiladi. Dasturlash asoslarini o‘rganuvchilar uchun multimediali o‘quv tizimlarini yaratish, respublikamizda rivojlanib kelayotgan mediata‘lim tizimini joriy etishga asos bo‘ladi va talab darajasida tizimni qo‘llash uchun ma‘lumotlar bazasi shakllanib boradi. Asosiy maqsad esa, sinovdan o‘tkazish jarayonidayoq dasturlash bo‘yicha bilim oluvchilarga zamonaviy bilimlarni (qo‘shimcha ravishda) yetkazib berish imkoniyatlari tuғiladi. Ishlab chiqilgan dasturlash asoslarini o‘rgatuvchi tizim Webplatformaga asoslangan bo‘lib, tizimdan foydalanuvchilar on-layn rejimida ―Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar‖ ilmiy elektron jurnali. № 5, yul, 2012 yil 2 Internet tarmoғi orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan. Internet orqali taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir necha turga ajratish mumkin: - umumiy ma‘lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko‘chirib oluvchi – erkin foydalanuvchilar; - tizim orqali e‘lon qilingan dasturlash bo‘yicha musobaqada ishtirok etuvchilar – dasturchilar va hokazo; - tizimda taklif etilgan bilimlarni o‘rganuvchi – talabalar; - tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi – ta‘lim beruvchilar. Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi, ya‘ni faqat ro‘yxatdan o‘tgan ta‘lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan nazariy va amaliy virtual darslar bilan tanishishi, olingan bilimlarni test-nazorat va dastur natijasini testlovchi tizimlarda sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Har bir dars nazariy materiallar, amaliy mashғulotlar uchun multimediali mashғulotlar va bilimlarni nazorat qilish uchun test-nazorat tizimlaridan tashkil topgan. Dastur natijasini testlovchi tizimga kirish faqat nazariy va amaliy mashғulotlardan keyin taklif etilgan test topshiriqlaridan (75 %dan) yuqori natija ko‘rsatgan dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars mashғuloti uchun olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazish uchun test topshiriqlari ajratilgan va berilgan bilimlarga mos dasturlash bo‘yicha masalalar taklif etiladi. Shu bilan birgalikda nazorat tizimida past ko‘rsatkich (75 % dan kam)ga ega bo‘lgan ta‘lim oluvchilar uchun qayta o‘zlashtirishga mo‘ljallangan yordamchi bilimlar taklif etiladi. YOrdamchi bilimlar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi qo‘shimcha nazariy materiallarning multimediali shakllaridan, ikkinchi qismi esa dasturlash bo‘yicha algoritmlash, dastur matnini tanlangan tilda shakllantirish kabi amallarni o‘rgatuvchi virtual modellardan tashkil topgan. Yordamchi bilim sifatida taklif etiladigan virtual modellar quyidagilarni o‘zida qamrab oladi: - dasturlash bo‘yicha aniq bir masalaning algoritmi; - ishlab chiqilgan algoritmning dasturlash tilidagi ko‘rinishi; - algoritmning bajarilish qadamlarining dastur matnidagi qadamlarga mosligini ta‘minlovchi animatsiyalar (ovozli izohlar bilan); - foydalanuvchi bilan interfaol muloqot tashkil etilgan amaliy ishlar (aniq masalalarni dasturlash bo‘yicha topshiriqlar).8
Dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi tizimni joriy qilish natijasida quyidagi maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin: 1) dasturlashga oid fanlar bo‘yicha bakalavr va magistrlarning o‘zlashtirish samaradorligi sifatini monitoring qilish; 2) talabalarni dasturlash bo‘yicha olimpiadalarga tayyorlash; 3) talabalar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha olimpiadalarni o‘tkazish; 4) talabalarning dasturlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish. Ishlab chiqilgan tizim ikkita rejimda ishlay oladi: 1) Ta‘lim muassasasi lokal tarmoғida fanlarni o‘qitishda amaliy va laboratoriya mashғulotlari jarayonida foydalanish rejimi. 2) Internet tarmoғida on-layn rejimida bilimlarni mustaqil tekshirish uchun qo‘llaniladigan rejim. Dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizimning ishlash prinsiplari quyidagicha: har bir tizimga kirish ruxsatnomasiga ega bo‘lgan foydalanuvchi (talaba, o‘qituvchi yoki administrator) uchun maxsus interfeys mavjud.
Foydalanuvchilarning tizim bilan ishlashini faqat ma‘lumotlar bazasidagi mavjud parametrlar orqali cheklashi mumkin. Foydalanuvchi interfeysi ma‘lumotlar bazasi bilan boғliq holda foydalanuvchining hisob yozuvlari, masalalar arxivi, yechimlarni tekshirish uchun testlar to‘plami va boshqa tizimli ma‘lumotlar bilan ishlaydi. Masalalar yechimlarini tekshiruvchi ChEKKER alohida tizim administratori tomonidan ishga tushiriladi, bu ChEKKER yechimni qabul qilib tekshiruv amallarini bajaradi. Dastur natijasini testlovchi tizimning asosini chekker qism-tizimi tashkil etadi. Bu qism-tizim quyidagilardan tashkil topgan: 1) aynan tanlangan masala yechimini kompilyatorga uzatish moduli; 2) kompilyatsiya qilingan yechimni ma‘lumotlar bazasiga joylashtiruvchi modul; 3) kompilyatsiya qilingan yangi yechimlar potogini navbatga qo‘yish; 4) ma‘lumotlar bazasidagi testlar bazasi bilan yechim (kompilyatsiya qilingan)ni taqqoslash va natijani foydalanuvchiga uzatish moduli.
Umuman olganda, dasturlash bo‘yicha multimediali o‘rgatuvchi tizim klient-server texnologiyasi asosida (taqsimlanuvchi rejimda) ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi jabhasini ko'rmasligimizdan qat'iy nazar, kompyuterlashtirish jarayoni hamma joyda tez sur'atlar bilan kechayotganini ko'rishimiz mumkin. Endi telefon nafaqat gaplashadigan qurilma, balki u matn, audio, video xabarlar yuborishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishi mumkin. Zamon talabi o'quvchilarimizga nafaqat ushbu qurilma va texnologiyalardan foydalanishni bilish, balki ularni dasturlash yordamida ishlab chiqish va raqamlashtirishni ham qiyinlashtirmoqda. Kompyuter dasturi - bu masalani hal qilish uchun kompyuter tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan ketma-ket buyruqlar to'plami. Dasturlash - bu kompyuter uchun dastur yaratish jarayoni. Dasturchi - bu dastur ishlab chiquvchi shaxs.
Ma'lumki, kompyuter turli masalalarni yechishda foydalanuvchining eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Xususan, matn, grafik muharrirlar, taqdimot dasturlari, elektron jadvallar kabi insonlarga qulaylik yaratish maqsadida ko'plab ilovalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ta'lim, bank, soliq, huquq va tibbiyot uchun maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari mavjud.
Kompyuterda masalani yechish uchun eng avvalo uning modeli va algoritmi tuziladi, so'ngra bu algoritm kompyuter ma'lum qoidalar asosida tushunadigan va ma'lum alifbodan foydalanib yoziladigan ko'rsatmalar va buyruqlarga aylantiriladi. Yaratilgan matn kompyuter tilida yozilgan dastur deb ataladi.
Kompyuter dasturi - bu masalani hal qilish uchun kompyuter bajarishi kerak bo'lgan ko'rsatmalar ketma-ketligi. Kompyuter dasturi har kim tez o'rganishi mumkin bo'lgan chet tiliga o'xshaydi. Odamlar kabi, kompyuterlar ham o'z tilida muloqot qilishadi. Bu lug'at boyligi cheklangan va imlo qoidalarining qat'iy bo'lgan faqat kompyuter tili. Kompyuter tushunadigan va muloqot qila oladigan "til"ga dasturlash tili deyiladi. Har qanday dasturlash tilini biladigan har bir kishi osongina o'z dasturini yaratishi mumkin.
Ko'pgina dasturlash tillari mavjud bo'lib, ularning har biri muayyan muammolarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin. Python dasturlash tili ularning eng mashhurlaridan biridir. Python veb-saytlar, ilovalar va o'yinlar yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ilg'or dasturiy mahsulotlarni yaratish uchun dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biridir.
O'rganish va qo'llashning soddaligi. Python sodda va qulay dasturlash tili bo'lib, boshqa dasturlash tillariga nisbatan uning yordamida dastur tuzish qiyinchilik tug'dirmaydi.9
Mukammal kutubxonaning mavjudligi. Pythonda dastur tuzish jarayonida kutubxonadagi tayyor funksiyalardan foydalanish mumkin. Bu esa murakkab dasturlarni ham qisqa vaqtda tuzish imkonini beradi.
Python dasturlash tilini o'rganish uchun uni o'zining rasmiy saytidan yuklab olib, keyin o'rnatish zarur. Python kompyuterga IDLE dasturi bilan birga o'rnatiladi.
IDLE dasturlashni endi boshlaganlar uchun mo'ljallangan IDE bo'lib, kod yozish uchun uncha murakkab bo'lmagan matn muharriri hamda dastur natijasi va xatolarni ko'rsatib turuvchi oynaga ega.
Har bir tilning alifbosi bo'lgani kabi dasturlash tilining ham o'z alifbosi mavjud. Python dasturlash tilining alifbosi katta va kichik lotin harflari, arab raqamlari, maxsus belgilar va xizmatchi so'zlardan tarkib topgan. Odatda, dasturlar kiritilgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, shuningdek, natijani ekranga chiqarish uchun mo'ljallangan bo'ladi.
O'zgaruvchilar - o'z qiymati va turiga ega kattalik, o'zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. O'zgaruvchining qiymatlari dastur davomida o'zgarib turishi mumkin. Doimiy (o'zgarmas) - faqat o'qish uchun mo'ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. Doimiylar o'zgaruvchilar kabi o'z qiymati va turiga ega. Identifikatorlar -o'zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi.
Dasturlarni yozishda o'zida asosiy ma'lumotlarni saqlaydigan o'zgaruvchi yoki doimiylardan foydalaniladi. O'zgaruvchilar dastur jarayonida o'zgarishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni belgilaydi, doimiydan esa o'zgarmas ma'lumotlar uchun foydalaniladi. O'zgaruvchilar va doimiylarni belgilash uchun turli nomlar, ya'ni identifikator (identification)lardan foydalaniladi.
Har qanday dasturni yozish jarayonida turli xatolarga yo'l qo'yilishi mumkin. Yozilgan dasturda xatolik bo'lsa, dastur ishga tushmaydi va ekranda xato xabari paydo bo'ladi. Ma'lumki, axborot matnli, raqamli, audio, grafik va boshqa shakllarda uzatilishi mumkin. Bunday ma'lumotlarni dasturlash tillarida qayta ishlash uchun ularni turlarga bo'lish kerak. Dasturda qo'llaniladigan ma'lumotlar turlari dasturning maqsadiga bog'liq: oddiy kalkulyator raqamlardan foydalanadi va elektron pochta manzillarini tekshirish uchun mo'ljallangan dastur matn bilan ishlaydi. Sonlar natural, butun va haqiqiy sonlarga bo'linadi. Matnli ma'lumotlar belgilar yoki satrlardan iborat bo'lishi mumkin. Ma'lumotlar turi - bu o'zgaruvchi yoki doimiy qiymatlardagi ma'lumotlar shakli. Ma'lumotlar turi kompyuter xotirasida yetarlicha joyni zaxiraga olib qo'yish uchun kerak bo'ladi. Odatda, dasturlash tillarida ma'lumotlar turi o'zgaruvchi yoki doimiy bilan birga e'lon qilinadi.
Python dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu sababli, Pythonda o'zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo'yicha belgilanadi, lekin ma'lumot turini boshqa turga o'zgartirish uchun tur ko'rsatilishi shart.

Yüklə 81,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin