Dasturlashtirish kompetensi



Yüklə 5,98 Mb.
səhifə3/36
tarix26.11.2023
ölçüsü5,98 Mb.
#136213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Olish

Muаmmоnіng о‘rgаnіlgаnlіk dаrаjаsі: Mamlakatimizda boʻlajak informatika oʻqituvchilarini tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirishning nazariy-amaliy masalalari U.Begimqulov, F.Zokirova, M.Lutfullayev; taʻlimning metodik tizimini loyihalash yuzasidan A.Abduqodirov, N.Taylaqov, D.Maxmudovalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Shu bilan bir qatorda B.Mo‘minov, U.Mirsanov, Sh.Shodmonova, R.Joʻrayev va boshqalar klasterli ta’lim muhitini tashkil etish orqali talabalarni kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga doir ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan I.Zimnya, D.Ivanov, I.Spirin, N.Boritkolar pedagogik jarayonni modellashtirish va loyihalash masalalarini oʻrganishgan; kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik- psixologik jihatlari esa, A.Belkin, V.Vvedenskiy, B.Gershunskiy, N.Kuzmina, A.Markova, J.Ravenlar; pedagogik-psixologik tadqiqotlarda matematik statistika usullari M.Orlova, T.Shamova, V.Slasteninkolar; dasturlashni oʻqitish asoslari V.Ershov, V.Jujjalov,T.Lebedeva, Y.Martinyuk, M.Lapchiklar tomonidan tadqiq etilgan.
Xorijlik olimlardan S.B.Cooper, C.J.Bonk, B.Tomlinson, H.Singh, A.Rоbins, D.Marsh va boshqa olimlar informatikadan zamonaviy loyihalar ishlab chiqish, dasturlash tillari fanini oʻqitish metodikasini takomillashtirish va talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishgan. Shu bilan bir qatorda, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida algoritmlashtirish va dasturlashni oʻqitish masalalari xorij olimlaridan P.Wооjin, H.Staker, S.Maralar tomonidan oʻrganilgan.
6

Үuqoridagi ilmiy ishlar tahlili raqamli texnologiyalarning keng foydalanishga alohida ehtiyoj sezilayotgan zamonaviy sharoitda boʻlajak informatika oʻqituvchilarining dasturlash kompetensiyasini rivojlantirishning innovatsion- didaktik tizimini takomillashtirish, mazkur jarayonni amalga oshirishning interaktiv- metodik shart-sharoitlarini ishlab chiqishga alohida zaruriyat borligini koʻrsatmoqda. Ana shu sababli ta’lim klasterida boʻlajak informatika oʻqituvchilarining dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy izlanishlar olib borish zarur degan xulosaga kelindi.



Yüklə 5,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin