Davlat maqsadli jamg’armalarining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati
Uchqun Yunusovich O’roqov
Farzona Axmadqul qizi Abduazimova
Toshkent moliya institut
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat maqsadli jamg’armalarining
mohiyati,
tashkil etilishining sabablari, tarkibi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati,
yoritilgan.
Kalit so’zlar: davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari,
byudjetdan
tashqari jamg’armalar, davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari va xarajatlari.
The role of state trust funds in the socio-economic
development of the country
Uchkun Yunusovich Urokov
Farzona Ahmadqul qizi Abduazimova
Tashkent Financial Institute
Abstract: This article describes the essence of state trust funds, the reasons for
their creation, the composition and their socio-economic significance.
Keywords: state budget, state trust funds, off-budget funds, income and expenses
of state trust funds.
Ma’lumki, moliya tizimida davlat markazlashgan maqsadli jamg‘armalari alohida
o‘rin tutadi. Mazkur jamg‘armalarning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari mavjud. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida byudetdan tashqari maqsadli pul jamg‘armalarining o‘rni va
ahamiyati juda muhimdir. Chunki, davlat byudeti daromadlari va xarajatlarini samarali
boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda
bevosita davlat byudeti bilan birga byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan ham
foydalaniladi.
Davlat byudeti o‘zining daromadlarini aniq xarajatlariga
biriktirilmasligi hisobiga mablag‘larning moslashishiga ko‘mak beradi. Ammmo
xarajat moddalari bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim,
xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu
maqsadlar uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham
rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli
ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu holatlar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1257
maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli davlat maqsadli
jamg‘armalarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun
muhim bo‘lgan xarajatlarni byudet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar
hisobidan ta’minlashdir. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni
tashkil etilishining
muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu byudet taqchilligidir.
Xarajatlarni daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib
topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta
guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik yuritishning va
xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, byudet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda
pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab
etadi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar dastlab, mahsus jamg‘armalar shaklida yoki
byudet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo‘lgan.
Hukumat
o‘zining faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
mablag‘larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag‘lar mahsus
maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida jamg‘armalarda yig‘ilar edi. Bu jamg‘armalar
qoidaga ko‘ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini
amalga oshirib bo‘lganidan keyin ushbu jamg‘armalar o‘z faoliyatini to‘xtatar edi. Shu
bilan bog‘liq ravishda jamg‘armalar soni doimiy o‘zgarib turar edi. Markazlashgan
davlatning barqarorlashishi bilan birgalikda mahsus jamg‘armalarni muvofiqlashtirish
davri boshlandi. Turli jamg‘armalarni birlashtirilishi asosida davlat byudeti tuzildi.
Bugungi kunda byudet bilan bir qatorda byudetdan tashqari jamg‘armalarning
ahamiyati ortib bormoqda. Byudetdan tashqari jamg‘armalarga badallarni to‘lovchi
sifatida yuridik va jismoniy shaxslar (tadbirkorlar)-ijtimoiy kafolatlarning
iste’molchilari
hisoblanar ekan, to‘lovlar va jamg‘armalar pul mablag‘larining
taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’luqli bo‘ladi va shuning uchun ham
byudetdan tashqari jamg‘armalar samarali faoliyat ko‘rsatishida ularning qiziqishlari
kuzatiladi.
Shunday qilib, davlat maqsadli jamg‘armalari
– davlat organlari tomonidan milliy
daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir
usulidir (1-rasm).
Byudetdan tashqari jamg‘armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:
• iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash;
• aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar moliya tizimining bir bug‘ini bo‘lishi bilan
birgalikda bir necha xususiyatlarni o‘zida kasb ettiradi:
• hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy
maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1258
• jamg‘armalar mablag‘laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini
moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
• asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi;
• jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro
aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy
xisoblanadi;
• jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib,
ular byudetlar,
shuningdek boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e’tirof
etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi;
jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosan foydalaniladi.
1-rasm. Davlat maqsadli byudetdan tashqari jamg‘armalarning mohiyati
1
Byudetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudetga kiritilmaydigan
ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy
resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Mablag‘lar ishlatilishining
maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra byudetdan tashqari jamg‘armalar ijtimoiy, iqtisodiy,
ekologik va boshqa jamg‘armalarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg‘armalar
davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu
jamg‘armalarni shakllantirishda asosan sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta
badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz
ssudalaridan foydalaniladi.
Maqsadli jamg‘armalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin (2-
rasm). Davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolarning pensiya olish,
kasalligi,
nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va
1
Nurmuxamedova B., Kabirova N. Moliya T:, “Tasvir”, 2014. 75 b.