Davlat maqsadli jamg’armalarining mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati



Yüklə 458,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.04.2023
ölçüsü458,17 Kb.
#125252
  1   2   3   4
davlat-maqsadli-jamg-armalarining-mamlakatni-ijtimoiyiqtisodiy-rivojlantirishdagi-ahamiyati



Davlat maqsadli jamg’armalarining mamlakatni ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati 
 
Uchqun Yunusovich O’roqov 
Farzona Axmadqul qizi Abduazimova 
Toshkent moliya institut 
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat maqsadli jamg’armalarining mohiyati, 
tashkil etilishining sabablari, tarkibi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, 
yoritilgan. 
Kalit so’zlar: davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari, byudjetdan 
tashqari jamg’armalar, davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari va xarajatlari. 
The role of state trust funds in the socio-economic 
development of the country 
Uchkun Yunusovich Urokov 
Farzona Ahmadqul qizi Abduazimova 
Tashkent Financial Institute 
Abstract: This article describes the essence of state trust funds, the reasons for 
their creation, the composition and their socio-economic significance. 
Keywords: state budget, state trust funds, off-budget funds, income and expenses 
of state trust funds. 
Ma’lumki, moliya tizimida davlat markazlashgan maqsadli jamg‘armalari alohida 
o‘rin tutadi. Mazkur jamg‘armalarning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari mavjud. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida byudetdan tashqari maqsadli pul jamg‘armalarining o‘rni va 
ahamiyati juda muhimdir. Chunki, davlat byudeti daromadlari va xarajatlarini samarali 
boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda 
bevosita davlat byudeti bilan birga byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan ham 
foydalaniladi. 
Davlat byudeti o‘zining daromadlarini aniq xarajatlariga 
biriktirilmasligi hisobiga mablag‘larning moslashishiga ko‘mak beradi. Ammmo 
xarajat moddalari bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim, 
xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu 
maqsadlar uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham 
rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli 
ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1257


maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli davlat maqsadli 
jamg‘armalarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi. 
Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun 
muhim bo‘lgan xarajatlarni byudet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar 
hisobidan ta’minlashdir. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining 
muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu byudet taqchilligidir. 
Xarajatlarni daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib 
topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta 
guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik yuritishning va 
xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, byudet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda 
pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab 
etadi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar dastlab, mahsus jamg‘armalar shaklida yoki 
byudet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo‘lgan. Hukumat 
o‘zining faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
mablag‘larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag‘lar mahsus 
maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida jamg‘armalarda yig‘ilar edi. Bu jamg‘armalar 
qoidaga ko‘ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini 
amalga oshirib bo‘lganidan keyin ushbu jamg‘armalar o‘z faoliyatini to‘xtatar edi. Shu 
bilan bog‘liq ravishda jamg‘armalar soni doimiy o‘zgarib turar edi. Markazlashgan 
davlatning barqarorlashishi bilan birgalikda mahsus jamg‘armalarni muvofiqlashtirish 
davri boshlandi. Turli jamg‘armalarni birlashtirilishi asosida davlat byudeti tuzildi. 
Bugungi kunda byudet bilan bir qatorda byudetdan tashqari jamg‘armalarning 
ahamiyati ortib bormoqda. Byudetdan tashqari jamg‘armalarga badallarni to‘lovchi 
sifatida yuridik va jismoniy shaxslar (tadbirkorlar)-ijtimoiy kafolatlarning 
iste’molchilari hisoblanar ekan, to‘lovlar va jamg‘armalar pul mablag‘larining 
taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’luqli bo‘ladi va shuning uchun ham 
byudetdan tashqari jamg‘armalar samarali faoliyat ko‘rsatishida ularning qiziqishlari 
kuzatiladi. 
Shunday qilib, davlat maqsadli jamg‘armalari – davlat organlari tomonidan milliy 
daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir 
usulidir (1-rasm). 
Byudetdan tashqari jamg‘armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi: 
• iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash; 
• aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. 
Byudetdan tashqari jamg‘armalar moliya tizimining bir bug‘ini bo‘lishi bilan 
birgalikda bir necha xususiyatlarni o‘zida kasb ettiradi: 
• hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy 
maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1258


• jamg‘armalar mablag‘laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini 
moliyalashtirish uchun foydalaniladi; 
• asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi; 
• jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro 
aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy 
xisoblanadi; 
• jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudetlar, 
shuningdek boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e’tirof 
etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi;
jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosan foydalaniladi. 
1-rasm. Davlat maqsadli byudetdan tashqari jamg‘armalarning mohiyati
1
Byudetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudetga kiritilmaydigan 
ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy 
resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Mablag‘lar ishlatilishining 
maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra byudetdan tashqari jamg‘armalar ijtimoiy, iqtisodiy, 
ekologik va boshqa jamg‘armalarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg‘armalar 
davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu 
jamg‘armalarni shakllantirishda asosan sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta 
badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz 
ssudalaridan foydalaniladi.
Maqsadli jamg‘armalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin (2-
rasm). Davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, 
nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va 
1
Nurmuxamedova B., Kabirova N. Moliya T:, “Tasvir”, 2014. 75 b. 

Yüklə 458,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin