Davlat kadastrlari palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022-yil 29-iyuldagi 01519-sonli topshiriq xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Qo‘chqorov tomonidan 2022-yil 29-iyul kunida 02/1-3281-son bilan tasdiqlangan “ Toshkent viloyati Bekobod tumanida ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish va UzKAD axborot tizimiga kiritish bo‘yicha CHORA-TADBIRLAR REJASI”ning 15-bandi ijrosi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur topshiriqni 15-bandiga asosan, Yer ajratish hujjatlari to’liq bo’lgan suv xo’jaliklarining murojaatlari asosida kadastr pasportini rasmilashtirish va huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish.
2. Yer ajratish hujjatlari to’liq bo’lmagan suv xo’jaliklarini “UzKAD” tizimida foydalanuvchi sifatida hisobga olish topshirig’i berilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Markaziy aerogeodeziya” DUK tomonidan 51 ta MFY hududidagi 8 ta 124,14 ga kanallar, 334 ta 417,9 ga ichki kanallar, 39 ta 684,09 ga kollektorlar va 1002 ta ichki kollektorlarni uchun ajratilgan 1048,88 gektar yer uchastkalarinining grafik ko’rinishi Arc GIS dasturi yordamida chizildi hamda atributiv ma‘lumotlari kiritildi.
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomanidan bajarilgan ishlar taxlil qilinmoqda.
Taxlildan o’tgan 8 ta 124,14 ga kanallar, 55 ta 156,09 ga ichki kanallar, 33 ta 382,00 ga kollektorlar va 302 ta 637,71 gektar yer maydoni UzKAD tizimida foydalanuvchi sifatida hisobga olindi.
.
Dostları ilə paylaş: |