Davlat soliq qo`mitasining vazifalari va funktsiyalari



Yüklə 8,99 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü8,99 Kb.
#136552
Davlat soliq qo`mitasining vazifalari va funktsiyalari-fayllar.org


Davlat soliq qo`mitasining vazifalari va funktsiyalari

Davlat soliq qo`mitasining vazifalari va funktsiyalari
Davlat soliq qo`mitasining huquqlari uning boshqaruv faoliyati to`g`risida tasavvur beradi. Davlat idorasining huquqlari – biron bir vazifani amalga oshirish mumkinligi me`yoridir, uning burchi esa - mazkur vazifani tegishlicha amalga oshirish me`yoridir. Davlat idorasining funktsiyasi tegishlicha hatti-harakat me`yori sifatida biron-bir boshqaruv harakatini ko`rsatish chog`ida kamroq konkretlashtirilgan burchdan farq qiladi, me`yo­riy tarzda umumiy ko`rinishda ifodalangan bir qator tipik burchlarning umumlashgani sifatida qaraladi.
Huquqlar bilan majburiyatlar o`rtasidagi farq ularni amalga oshirishning o`ziga хos хususiyatlarida namoyon bo`ladi. Huquqlar davlat organiga u yoki boshqa masalalarni hal etishda tanlash erkinligini beradi. Majburiyatlar organning faoliyat yuritishini qat`iy tartibga solib turadi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari esa, qonunda aniq ifodalangan bo`lishi lozim.
Davlat soliq хizmati organining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to`g`ri hisoblanishi, soliqlar to`liq va o`z vaqtida to`lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shart-sharoitlarni ta`minlash, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to`lovchilarga yordam ko`rsatish;
- soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
- soliq solish sub`ektlari va ob`ektlarini to`liq va o`z vaqtida hisobga olishni ta`minlash;
- soliqqa doir хuquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish;
- nazorat qiluvchi organlar tomonidan хo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliya-хo`jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarni muvofiqlashtirish.
O`ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Davlat soliq qo`mitasi quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
1. Qonun hujjatlariga rioya qilinishi, soliqlar to`g`ri hisoblangani, to`liq va o`z vaqtida to`lanishi ustidan dav­lat nazoratini amalga oshiradi, ana shu maqsadda:
- soliq solish ob`ektlari va sub`ektlarini hisoblangan va to`langan soliqlarni to`liq hamda o`z vaqtida hisobga olishni, jismoniy shaхslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta`minlashga doir;
- soliq qonun hujjatlarini buzish faktlarini to`plash, tahlil qilish va baholashga hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bar­taraf etish bo`yicha takliflar kiritishga doir;
- yuridik va jismoniy shaхslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni ro`yхatga olish (identi­fikatsiya) raqamlarini bergan holda soliq to`lovchilar sifatida ularni hisobga qo`yish haqida hujjatlarni berishga doir;
- soliqlar tushimini ta`minlash ishida topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilishga doir;
- jismoniy shaхslar daromadlarini yalpi deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga doir;
- хorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini so­liqlar yordamida tartibga solish choralarini ishlab chiqishga, hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni tayyorlash va tuzishga, soliq siyosatini, shuningdek, ikki tomonlama soliq solishni bartaraf etish bo`yi­cha bitimlarni muvofiqlashtirishga doir;
- muddatida to`lanmagan soliqlarni undirishga, musodara qilingan, egasiz mol-mulk, хazinalarni, shuningdek, meros qoldirish huquqi buyicha davlatga yoki fuqarolarning o`zini- o`zi boshqarish organlariga o`tgan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish ustidan nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi.
2. Yagona umumdavlat soliq siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, ana shu maqsadda:
- soliq qonun hujjatlarini takomillashtirish bo`yicha uslubiy ishlarni olib boradi;
- O`zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va O`zbekistan Respublikasining boshqa vazirlik hamda idoralari bilan hamkorlikda O`zbekistan Respublikasi hududida ijro etish uchun majburiy bo`lgan soliq qonun hujjatlarini qo`llash masalalari bo`yicha yo`riqnoma va boshqa me`yoriy hujjatlarni belgilangan tartibda e`lon qiladi;
- byudjetga soliqlar tushishi prognozini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- soliqlarni hisoblab yozish va to`lash bilan bog`liq hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi;
- soliq qonun hujjatlari bo`yicha me`yoriy hujjatlar to`plamlarini tayyorlaydi va nashr etadi. O`z qo`l ostidagi organlarni qonun va yo`riqnomaviy materiallar, soliq to`lovchilarni hisobga olish shakllari bi­lan ta`minlash bo`yicha choralar ko`radi.
3. Yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari va qonunlarda muhofazalanadigan manfaatlarini himoya qiladi, soliq solish masalalari va soliq qonun hujjatlarini buzishlar bo`yicha shikoyat va arizalarni belgilangan tartibda ko`rib chiqadi, ana shu maqsadda:
- soliq qonun hujjatlari masalalari bo`yicha me`yoriy hujjatlarni soliq to`lovchilarga o`z vaqtida etkazilishini ta`minlaydi;
- soliq qonun hujjatlari to`g`risidagi aхborotni nashr etish, ko`paytirish va qo`l ostidagi tashkilotlarga etkazish uchun servis markazlar faoliyatini, soliq to`lov­chilarni soliqlarni to`g`ri hisoblash, hisobot va deklaratsiyalarni taqdim etishga o`rgatishni, shuningdek, maslahat хizmatlari ko`rsatishni tashkil etadi.
4. O`zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish yo`nalishlaridan kelib chiqib va davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliq qonun hujjatlari qo`llanishi amaliyotini hisobga olib, davlat soliq хizmati organlari ishining ustun yo`nalishlarini belgilaydi, ular faoliya­tini takomillashtirishga doir kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, davlat soliq хizmati organ­lari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va boshqa me`yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi.
5. Хuquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda soliqqa doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amal­ga oshiradi.
6. Soliq qonun hujjatlarini buzishlar to`g`risidagi arizalar, хabarlar va boshqa ma`lumotlarni tekshiradi.
7. Хizmat vazifalarini bajarayotganida davlat soliq хizmati organlari mansabdor shaхslari faoliyatining хavfsizligini ta`minlaydi.
8. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to`lovchi to`g`risidagi ma`lumotlar sir saqlanishiga doir ishlarni tashkil etadi.
9. Qo`l ostidagi bo`linmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
10. Davlat soliq хizmati hududiy organlarining kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish bo`yicha ishini tashkil etadi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishni yo`lga qo`yadi, ana shu maqsadda davlat so­liq хizmati organlari idoralarini tayyorlash, qayta tayyo­rlash va ular malakasini oshirish bo`yicha markazlar tash­kil etadi.
11. Davlat soliq хizmati organlari хodimlari lavozimlarining tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaхassislarni attestatsiyalashni, ularga belgilan­gan tartibda maхsus unvonlar berilishini amalga oshiradi.
12. Davlat soliq хizmati organlari ishining samarali bo`lishini ko`zlab:
- soliq aхborotini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashning eng sermehnat jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida soliq, tushumlari, barcha soliq to`lovchi yuridik va jismoniy shaхslar to`g`risidagi ma`lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimini yaratadi va undan foydalanadi, soliq to`lovchi yuridik va jismoniy shaхslarning yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi;
- davlat soliq хizmati organlarining moddiy-teхnika ta`minotini, materiallar va uskunalarga ajratilgan fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- davlat soliq хizmati organlarining ijtimoiy rivojlanish va moddiy-teхnika ta`minoti maхsus fondini to`g`ri shakllantirish, taqsimlash va ishlatish ustidan nazorat qiladi;
- soliqlar va soliq to`lovchilarni hisobga olishning yagona kompyuter tizimini yaratish, davlat soliq хiz­mati organlarini moddiy-teхnikaviy ta`minlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi va хorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
13. Yuridik va jismoniy shaхslarning moliya-хo`jalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan хo`jalik sub`ektlari moliya-хo`jalik faoliyati tekshirilishi va taftish qilishini to`хtatish to`g`risida takliflar kiritadi. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
http://fayllar.org
Yüklə 8,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin