1.Norasmiy iqtisod 2.Soxta (Fiktivnaya) iqtisod. 3.Yashirin iqtisod. Xufiyona iqtisodning O‘zbekistonda mavjudliginig bir qancha sabab va manbalari bor.
Bulardan birinchisi: chet elga xomashyo va kapitalni oqib ketishi, qaysiki tuzilgan shartnomalarining asosiy qismi xufiyona bo‘lib, chetga sotilayotgan mahsulotlar atayin pasaytirilgan narxlarda sotilib, foydani bir qismi chet elda qolib ketmoqda.
Xufiyona iqtisodni ikkinchi va asosiy manbai bolib, iqtisodni hamma bog‘inlarida o‘ringa ega bo‘lgan davlat tomonidan ro‘yxatga olinmagan xo‘jalik faoliyatidir.
Agar hufyona pardasini ko‘tarib ko‘rilsa buni orqasida norasmiy iqtisod sektorini yo‘naltiruvchi kuchlarini jamlagan piramidani ko‘rish mumkin.
Xufiyona iqtisodni boshida jinoiy elementlar majmuasi turadi, bularga: giyohvand moddalar sotuvchilar, avtomobil o‘g‘rilari, qo‘shmachilar hamda yana shu kategoriyaga davlat hokimiyati va ma'muriy organlarning vakillarini kiritish mumkin.
O‘rta bo‘g‘inda xufiyona faoliyat yurituvchilarga: tadbirkorlar, moliyachilar, kichik va o‘rta biznes vakillari kiradi. Bu soha vakillarini xufiyona iqtisodiyotni motori deyish mumkin.
Uchinchi guruh vakillariga yollanib ishlovchi jismoniy va aqliy faoliyat vakillari, mardikorlar hamda pora sifatida daromad olayotgan vijdonsiz davlat xizmatchilarini ham qo‘shish mumkin.
Xufiyona iqtisodga qarshi kurashishning turli usullari va yo‘llari mavjud: Avvalambor bu tizim bilan kurashish qisqa va uzoq muddatli, uzoqni ko‘zlagan holda samarali reja asosida bo‘lishi lozim.
Qisqa muddatli davrda majburlash usulini qo‘llash o‘z samarasini berishi mumkin. Yashirin ishlab chiqarish, kontrabanda, soliqdan bo‘yin tovlashni oddiy yo‘llarini kompleks tekshiruv orqali aniqlash mumkin, lekin doimiy ravishda majburlash usulini qo‘llash yaxshi natija bermaydi, sababi bunga tez kunda ko‘nikish hosil bo‘lib yashirin iqtisod yangi bir tusda namoyon bo‘ladi.
Uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan jarayonda e'tibomi xufiyona iqtisod Man davlat dasturlarini mos kelishiga erishishga qaratilmog‘i lozim, bunda ko‘rilayotgan ishlar qo‘rqitish, majburlash, qamash emas, balki huquqiy sotsial iqtisodiy xarakter kasb etishiga erishmoq kerak. Bunda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
ko‘pchilik tadbirkorlar soliqlar yuki, sababsiz tekshiruvlar, iqtisodiy qonunlarni tez-tez o‘zgarishlari oqibatida xufiyona iqtisod tomoniga o‘tishga majbur bo‘lmoqdalar. Ularni jinoiy elementlar tarkibiga qo‘shib bir xil jazo choralarini qo‘llash maqsadga muvofiq emas;
hozirgi davrda investorlar faolligini susayishi, O‘zbekistondagi xufiyona iqtisod mablagiarini chet ellarga chiqib ketishi yoki mabalag‘ni respublika ichida noqonuniy aylanishini bartaraf etish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Barcha amalga oshirilayotgan ishlar quyidagilarga asoslanishi lozim: Iqtisodiy munosabatlarda ma'muriy buyruqbozlik rejimiga qaytmaslik vamulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish;
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatini yuqori ko‘tarish;
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni hammasini, xattoki xufiyona iqtisodiy sektordagi kuchli tadbirkorlik potensialini ham bu masalani yechishga jalb qilish;
Jinoiy xarakterga ega bo‘lmagan xufiyona kapitalni sarflash uchun eng qulay va xavfsiz sharoit yaratish kerakki, bu xufiyona kapitalni sezilarli darajada iiamayishiga hamda investisiya kapitali mavqeini tiklanishiga sabab bo‘ladi.
Xufiyona iqtisod bilan iqtisodiy usullar orqali kurashish lozim. Bu yerda asosiy iqtisodiy usul bo‘lib soliqlar yukini kamaytirish hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan xufiyona iqtisodiy faoliyatni
Chetlab o‘tishlari uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: