To‘g‘ri –yozuv qoidalari tilshunoslar tomonidan tuziladi va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Imlo qoidalari hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Kishilar o‘zaro yozishmalarida , rasmiy ish yuritishda ta’lim jarayonida , madaniy – ma’rifiy faoliyatdaa tilning imlo qoidalariga amal qilishga majburdirlar . Imlo me’yorlari , ya’ni to‘g‘ri yozish me’yorlari nutqiy savodzonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi . Bu me’yorlarning amal qilishi imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi . So‘z va qo‘shimchalarning yozilishi ma’lum bir qoidalarga asoslanmasa , yozuvda har xillik yuzaga chiqadi, natijada bir –birini tushunish imkoniyati yo‘qoladi.
Lotin yozuvida asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagi yozuv meyorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlangan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ga tayanadi. Unga harflar imlosi , o‘zbek va qo‘shimchalar imlosi bo‘g‘in ko‘chirish so‘zlarni qo‘shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan . Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir .
Tinish belgilar yozma nutqni to‘g‘ri , ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmuniy munosabatlarini ko‘rsatishda muhim yozuv vositasi sifatida ishlatiladi. Yozma nutqda u yoki bu tinish belgining qo‘llanishi ma’lum bir tamoyilga asoslanadi. Bu tamoyil –tizim , avvalo, o‘zbek tili gap qurilishiga bog‘liq holda belgilanadi. Tinish belgilari yozma nutqdagi maqsadni aniq ifodalash uning tushunilishini asoslashtirish uchun qo‘llaniladi . Ular yozma nutqning mazmuniy shakliy va ohang munosabatlarini, sintaktik bo‘linishini belgilovchi, uslubiy ravonligini ta’minlovchi ko‘rsatkichlardir.
Hozirgi kunda punktuatsiyaning xizmati ortib, uning vazifasi va qo‘llanish doirasi kengayib bormoqda . Bu hodisa respublikamizda matbaatchilik, matbuot va nashriyot ishlarining keng rivojlanishi, o‘zbek yozuv madaniyatining taraqqiy etishi, adabiy til ta’sirining kengayishi, adabiy til vazifa uslublarining takomillashuv, nutq madaniyatining keng ko‘lamda ravnaq topishivga o‘sishi bilan izohlanadi.
Tinish belgilari yozma matndagi –mazmunni aniq ifodalash uchun xizmat qiladi.Unutmaylikki , hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi . Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan so‘ng, uyushuq va ajratilgan bo‘laklar orasida qo‘llaniladi . Masalan , “Shuni hisobga olib,…” , “Men, 2-bosqich talabasi Umida Ibrohim qizi,… ” kabi.