1.Abdullayev M. Ma'naviyat va iqtisodiy tafakkur // O‘zbekiston adabiyoti va san'ati, 2000 yil 28 iyul.
Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 22 yil to`lishi munosabati
bilan o‘tkazilgan tadbir
B A Y O N N O M A S I
22 oktabr 2012 yil Toshkent shahri
Qatnashdilar: Kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari
I. Kirish:
1.Kollej rahbari Sh.X.Inoyatov O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 23 yil to‘lganligi bilan barcha yig‘ilganlarni tabriklab, nutq so‘zladi.
2. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish fani o‘qituvchisi D.A.Nabiyeva “Til va so‘z” mavzusida ma`ruza qildi.
II. Asosiy qism: 2-bosqich 11-10 “O‘zbegim qizlari” va 14-10 “Kelajak yulduzlari” guruhlari o‘rtasida “Tilingda bo‘lsa boling - kulib turar iqboling” mavzusiga bag‘ishlangan “Quvnoqlar va Zukkolar” bellashuvi o‘tkazildi.
Bellashuv shartlari:
1.Guruhlarning tanishtiruvi.
2.Mantiqiy savol.
3.”Qanotli so‘zlar”.
4.”Tilingda bo‘lsa boling - kulib turar iqboling” – sahna ko‘rinishi.
5.”Maqolni davom ettiring”.
6.Erkin mavzu.
III. Yakuniy qism : Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, hay’at raisi G.A.Abdullayeva 11-10 “O‘zbegim qizlari” guruhi g‘olib chiqqanligini e’lon qilib, yakunlovchi nutq so‘zladi.
Tadbirni 9-10 guruh o‘quvchisi, “Yosh notiqlar” to‘garagi a’zosi Zulfiya Muxamedova olib bordi.
Tadbir senariysi Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish fani o‘qituvchisi D.A.Nabiyeva va ona tili va adabiyot fani o‘qiuvchisi M.N.Aripdjanovalar tomonidan tuzildi.