7. Bayonnomaning ruscha nomlanishi?
a) prikol
b) protokol
d) pismo
e) povestka
8. Bayonnomaning asosiy matni necha qismdan iborat bo‘ladi? ________________
9. Agar ma’ruza matni tayyor holda bo‘lsa, ……… keyin “Matn ilova qilinadi” deb yozib qo‘yiladi.
a) ikki nuqtadan
b) chiziqchadan
d) tiredan
e) verguldan
10. Yig`ilish va boshqa shu turdagi anjumanlarning borishini, unda qatnashchilar bildirgan fikr va qabul qilingan qarorlarni aniq, ixcham qayd etuvchi rasmiy hujjatga bayonnomadan ko‘chirma deyiladimi?
- ha
- yo‘q
11. Bayonnoma matnining nechanchi qismida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilinadi? ______________________
J: uchinchi
12. Bayonnomaning qaysi shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha jamoaning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritishga imkon beradi?
a) qisqa
b) to‘liq
d) stenografik
e) fonografik
13. Yig‘ilish stenografiya usulida (stenografik) yozib olinayotgan bo‘lsa qanday bayonnoma tuziladi? _______________________
J: qisqa
14. “Bayonnomadan ko‘chirma” rus tiliga qanday tarjima qilinadi?
a) vipiska
b) vipiska iz protokola
d) podpiska
e) raspiska
15. Bayonnomadagi qaysi so‘zlardan keyin ikki nuqta qo‘yiladi?
_____________________________________________________________
16. ___________ bir necha sahifadan iborat bo‘lsa, faqat ___________ bosma ish qog‘ozida, qolgan betlari esa __________________ yoziladi.
J: Bayonnoma, birinchi sahifa, oddiy qog‘ozda
11.1. Amaliy o‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
O‘quv soati: 2 soat
|
Talabalar soni: nafar
|
O‘quv mashg‘ulotning shakli va turi
|
Amaliy - malakalarni shakllantirish va bilimlarni mustahkamlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti
|
O‘quv mashg‘ulot rejasi
|
1. Tavsifnoma va uning zaruriy qismlari.
2. Tavsiyanoma va uning zaruriy qismlari.
3. Tavsifnoma , tavsiyanomaning o‘xshash va farqli jixatlari.
|
O ‘quv mashg‘uloti maqsadi:
Tavsifnoma va tavsiyanoma hujjatlari haqida tushunchalarni shakllantirib, bilimlarni mustahkamlash
|
Pedagogik vazifalar:
tavsifnoma va tavsiyanoma hujjatlari haqida ma’lumot berish;
hujjatlarning zaruriy qismlarini tushuntirish;
hujjat tayyorlashni o‘rgatish
|
O‘quv faoliyati natijalari:
tavsifnoma va tavsiyanoma hujjatlarini o‘rganadilar;
hujjatlarning zaruriy qismlarini ajratadilar;
tavsifnoma, tavsiyanomannni yozadilar
|
O‘qitish metodlari
|
Tushuntirish, suhbat, namoyish
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, “Klaster”, “T jadvali”, “Venn diagrammasi” , kompyuter, slaydlar, o‘quv topshiriq
|
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoaviy, guruhli
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan o‘quv xonasi
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
Og‘zaki nazorat: savol-javob
|
Dostları ilə paylaş: |