3.4. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish
116.
Ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasiga asoslangan holda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
2018-yil
1-may
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi
—
—
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.
Loyiha bilan konsepsiya tasdiqlanadi.
Konsepsiyada:
yaqin va uzoq istiqbolda agrar sohadagi barcha tashkiliy-iqtisodiy, texnologik masalalarni hal qilish;
investitsiyalarni jalb etish, tarmoqni isloh qilish va barqaror rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiya-urug‘chiligi tizimini takomillashtirish, innovatsiyalarni joriy etish nazarda tutiladi.
117.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.
2018-yil
1-aprel
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga sabzavot, poliz, ozuqa va moyli ekinlarni, shuningdek, tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan (mamlakatimiz sharoitiga moslasha oladigan va yuqori hosil beradigan chet eldan olib kelinadigan) boshqa ekin turlarini joylashtirish, intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlari;
paxta maydonlarini 2019-yilda 36 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 15 ming gektarga qisqartirish, ushbu maydonlarda oziq-ovqat ekinlarini yetishtirish, intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish hisobiga qo‘shimcha 1 mln. tonna meva-sabzavot, kartoshka va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish nazarda tutiladi.
118.
Aholini ekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish.
2018-yil
20-noyabr
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada qishloq xo‘jaligida genetik jihatdan modifikatsiya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirmaslik hamda iste’mol bozoriga kirib kelishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish tartibini joriy qilish, tegishli tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash nazarda tutiladi.
119.
Paxta xomashyosini yetishtirish, sotish va qayta ishlash tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish, bunda, avvalo, xomashyo yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishni ko‘zda tutish.
2018-yil
10-aprel
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
fermyerlar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda o‘zaro kooperatsiya (hamkorlik) mexanizmlari;
fermyerlar tomonidan paxta xomashyosini qayta ishlovchi va to‘qimachilik korxonalariga o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish imkoniyati nazarda tutiladi.
120.
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish, shu jumladan, eksport qilishda logistika tizimini rivojlantirish.
2018-yil
20-mart
“O‘zbekoziqovqat-xolding” XK, “O‘zvinsanoatxolding” XK “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada logistika markazlari tashkil qilish, issiqxona va muzlatkichli omborxonalar qurishning prognoz ko‘rsatkichlari hududlar kesimida belgilab beriladi.
121.
Aholini chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash darajasini oshirish, ularning bozorlardagi narx-navolari barqarorligini saqlashga erishish.
2018-yil
30-mart
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada ozuqa ekin maydonlari hajmi, konsentrat ozuqa ishlab chiqarish bo‘yicha tashkil etiladigan quvvatlar, zamonaviy parrandachilik va bo‘rdoqichilik komplekslarining prognoz ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi.
122.
Fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, fermyerlarni zaruriy axborot, ma’lumot va maslahatlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmi va miqdori haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish.
2018-yil
30-iyun
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Respublika tovar-xomashyo birjasi
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda:
fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmlari va turlari haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish;
fermer xo‘jaliklarini axborot va maslahatlar bilan ta’minlash bo‘yicha mavjud milliy veb-saytlar faoliyatini kuchaytirish;
mahsulot tayyorlovchi, qayta ishlovchi korxonalar va eksport qiluvchilarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, shu jumladan, birja savdolarida xarid qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlar olish nazarda tutiladi.
123.
Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar hajmini yanada kengaytirish.
2018-yil
1-aprel
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
—
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘z mablag‘lari, Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, tijorat banklari kreditlar, xorijiy investitsiya va grant mablag‘lari
Chora-tadbirlar dasturi.
Dasturda:
hududlar kesimida suv tejovchi texnologiyalar (tomchilatib sug‘orish, plyonka to‘shab sug‘orish, egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish, suvni yig‘ish xususiyatiga ega bo‘lgan gellardan foydalanish) joriy qilinadigan maydonlarning prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlash;
suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan resurslar bilan ta’minlash nazarda tutiladi.
124.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash.
Yil davomida
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, loyiha institutlari
553,5 mlrd. so‘m
Davlat budjeti mablag‘lari
Amaliy chora-tadbirlar.
Natijada 270 ming gektar ekin maydonlari meliorativ holatining barqarorligi va sizot suvlari sathining belgilangan me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi.
3.5. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish
125.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish.
2018-yil
1-mart
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashini tugatish va tegishli shtatlarni prokuratura organlariga o‘tkazish;
jinoyat ishlari doirasida moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish)ning muddati bir oydan oshmasligi, zarur hollarda esa ushbu muddat Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan yana bir oyga uzaytirilishi mumkinligi;
tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlari faqat viloyat va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi nazarda tutiladi.
126.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari bilan birgalikda har oyda namunali, faol tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda ularni qiynayotgan muammolarni eshitish, qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rib borish.
2018-yil
10-fevral
Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, vazirlik va idoralar
—
—
Kompleks chora-tadbirlar rejasi.
Rejada:
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borayotgan, moliyaviy ko‘rsatkichlari muntazam o‘sishiga erishayotgan faol tadbirkorlik subyektlari bilan har oyda uchrashuvlarni tashkil etish;
tadbirkorlik sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarning samaradorligini oshirish;
tadbirkorlik sohasidagi muammolarni aniqlash va hal etishga oid zaruriy choralar nazarda tutiladi.
127.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan kamchiliklarni, ayniqsa jinoyatlarni tanqidiy muhokama qilish, bartaraf etish va profilaktika qilishga �o‘maklashish.
2018-yil
1-mart
Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, vazirlik va idoralar
—
—
Chora-tadbirlar rejasi.
Bunda faol va insofli tadbirkorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz bo‘lishga qaratilgan biznes jamoatchilikning ta’sirchan choralarini ishlab chiqish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha tadbirlar nazarda tutiladi.
128.
Biznes-hamjamiyat o‘zini o‘zi tartibga solishi va tadbirkorlik faoliyati ustidan jamoat nazoratining huquqiy asoslarini takomillashtirish.
2018-yil
1-mart
Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada biznes-hamjamiyat o‘zini o‘zi tartibga solishi va tadbirkorlik faoliyati ustidan jamoat nazoratining ta’sirchan mexanizmlari belgilanadi.
129.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash.
2018-yil
1-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
nazorat qiluvchi organlarning ayrim nazorat funksiyalarini fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi organlariga o‘tkazish;
tadbirkorlik subyektlariga, pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi banklarda inkassatsiya qilish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, tovarlarni axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali sotishda naqd p�lda hisob-kitob qilish, shuningdek, mahsulotlarni xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda xalqaro savdo maydonlari orqali eksport qilish tizimini soddalashtirish;
yuridik shaxslarga ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xarajatlar, jumladan, davlat bojlari va yig‘imlarini to‘lash bilan bog‘liq to‘lovlarni korporativ bank kartalaridan to‘lash imkoniyati nazarda tutiladi.
130.
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish.
2018-yil
20-mart
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar
—
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada:
tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish, birlashtirish, rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish, litsenziya va ruxsatnoma berish funksiyalarining ayrimlarini nomarkazlashtirish;
litsenziyalarni ularning amal qilish muddatini cheklanmagan holda berish (tibbiyot va farmatsevtik� faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, mobil aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirish xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish bundan mustasno);
litsenziyalanadigan faoliyat turi doirasida bajariladigan ishlarning (ko‘rsatiladigan xizmatlarning) aniq ro‘yxatini faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ko‘rsatish;
telekommunikatsiya, baholash, rieltorlik, veterinariya, geodeziya va kartografiya, tibbiyot, qimmatli qog‘ozlar bozori, transport, savdo va boshqa bir qator sohalarda litsenziya va ruxsatnomalar olish tartib-taomillarini soddalashtirish nazarda tutiladi.
131.
Respublikada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi (agentlik) tashkil etish.
2018-yil
1-iyul
Davlat raqobat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar
—
—
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.
Loyihalarda:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vak�latli davlat organi (agentlik) tashkil etish;
maxsus vakolatli davlat organining vazifa va vakolatlari, davlat tizimiga jamoatchilik nazorati institutini keng joriy etish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali va shaffof mexanizmlarini tatbiq etish nazarda tutiladi.
132.
Elektr energiyasi sohasidagi samarasiz va zarar bilan ishlaydigan davlat ulushi mavjud korxonalar faoliyatini tahlil qilish, zarar bilan ishlaydigan korxonalarni sog‘lomlashtirish yuzasidan “yo‘l xarita”lariini belgilangan tartibda ishlab chiqish va amalga oshirish.
2018-yil
20-mart
Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
—
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada:
zarar bilan ishlaydigan davlat ulushi mavjud korxonalarning mavjud ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha yer maydonlarini maqbullashtirish, aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘lar manbalarini aniqlash va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
ushbu toifadagi korxonalardan samarali foydalanishni tashkil etish, shu jumladan, xususiylashtirish yuzasidan aniq takliflar nazarda tutiladi.
133.
Internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini ajratish tizimini joriy etish hamda yer ajratish va qurilishga ruxsat berish bilan bog‘liq tartib-taomillarning amaldagi muddatlarini kamida ikki baravar qisqartirish.
2018-yil
1-iyun
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga yer uchastkalarini berish maxsus axborot portali orqali elektron savdolar vositasida amalga oshirilishi;
yer uchastkalarini berishga doir materiallarni vakolatli organlarda ko‘rib chiqish va kelishish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirilishi;
er ajratish va qurilishga ruxsat berish bilan bog‘liq tartib-taomillar, amaldagi muddatlarni qayta ko‘rib chiqish, sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish orqali tizimni isloh qilish nazarda tutiladi.
134.
Davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini joriy etishning huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish.
2018-yil
20-sentabr
Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar
—
Xalqaro moliya institutlari investitsiyalari, kreditlari, grantlari va boshqa mablag‘lar
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.
Loyihalarda iqtisodiyotning ko‘p xarajatli tarmoqlari (muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi va boshqalar) hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasida davlat va xususiy investorlarning o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yishga imkon beradigan davlat-xususiy sheriklikni keng joriy etish nazarda tutiladi.
135.
Tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish.
2018-yil
1-aprel
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar
—
—
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.
Loyihalarda:
venchur fondlarning huquqiy maqomi va ularni tashkil etish tartibi;
venchur kompaniyalar va fondlar, venchur fondlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar hamda innovatsion korxonalar faoliyatini tartibga solish;
venchur kompaniyalar va fondlar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash;
venchur loyihalarni sug‘urtalash nazarda tutiladi.