Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə18/19
tarix30.08.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#128794
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
5. PF-5308 22.01.2018

5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

200.

O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi yangi tahririni tasdiqlash.

2018-yil
1-iyul

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Mudofaa vazirligi, TIV, MXX, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar





O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangi tahriri tasdiqlanib, unda O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan asosiy xavf va tahdidlar, mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari va xavfsizlik sohasida davlat strategik rejalashtirish tizimi faoliyatining mexanizm va tamoyillari belgilanadi.

201.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash.

2018-yil
20-fevral

Mudofaa vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), MXX, Milliy gvardiya, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti , vazirlik va idoralar





Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda yil davomida:
harbiy xizmatchilar, jamiyat va xorijiy hamkorlar o‘rtasida, davlatimiz mudofaa siyosatining asosiy prinsiplarini yetkazish bo‘yicha uning ochiqligiga va xorijiy davlatlar bilan mudofaa va xavfsizlik sohalarida konstruktiv hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish ustuvorligiga urg‘u bergan holda keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
amaldagi qonunchilikka, jumladan “Mudofaa to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, tegishli idoraviy hujjatlarni qayta ishlash nazarda tutiladi.

202.

Mudofaa-sanoat kompleksini shakllantirish va rivojlantirish orqali davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jangovar qudrati va salohiyatini oshirish.

2018-yil
1-aprel

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, MXX, FVV, IIV, Milliy gvardiya, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada mudofaa-sanoat kompleksi�i shakllantirish va rivojlantirish Davlat dasturi tasdiqlanadi.
Davlat dasturida:
ilmiy-ishlab chiqarish bazasi, xizmat ko‘rsatish markazlari hamda qo‘shma korxonalarni tashkil etish;
mahalliy korxonalar negizida harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlar ayrim turlarini mahalliylashtirishni joriy etish;
mazkur sohada mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida hal etilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

203.

Mudofaa sohasida xorijiy hamkorlar bilan harbiy va harbiy-texnik munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

2018-yil
10-aprel

Mudofaa vazirligi, MXX, Milliy gvardiya, IIV, TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi





Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda yil davomida:
harbiy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoni va mashg‘ulotlariga dunyoning yetakchi harbiy ta’lim va tadqiqot markazlarining mutaxassislarini keng jalb qilish;
zamonaviy sharoitlarda jangovar harakatlar o‘tkazilishining xorijiy tajriba va innovatsion yondashuvlarini o‘rganish hamda joriy etish;
Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan jihozlash tadbirlarini izchil davom ettirish;
xalqaro hamkorlar bilan turli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish nazarda tutiladi.

204.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash.

Yil davomida

MXX, Mudofaa vazirligi, IIV, Moliya vazirligi





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari.
Loyihalarda davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini chegara qo‘shinlarining kuch va vositalarini hamda moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, chegara xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy va ilg‘or vositalarini amaliyotga tatbiq etish orqali takomillashtirish bo‘yicha bir qator tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilanadi.

205.

Ekstremizm tahdidlarining oldini olish, unga qarshi kurashish va bartaraf etishga qaratilgan “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil
30-avgust

Bosh pr�kuratura, M�X, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DBQ





O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada ekstremizm tushunchasi, ekstremizmning oldini olish unga qarshi kurashish mexanizmlari, tamoyillari, usullari, mas’ul organlarning vakolatlari va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish belgilanadi.

206.

Axborot resurslari va Internet tarmoqlari orqali tarqatilayotgan ekstremizm va terrorizm g‘oyalarining mamlakatimiz hududida targ‘ib qilinishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash.

2018-yil
1-avgust

IIV, MXX, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika ma’naviyat va ma’�ifat markazi





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada:
global va milliy axborot resurslari orqali ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarning mamlakatimiz hududida targ‘ib qilinishining barvaqt oldini olish maqsadida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarda alohida bo‘linmalar tashkil etish;
ushbu bo‘linmalarning OAV, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda ekstremizm va terrorizm g‘oyalari targ‘ib qilinishi holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish borasidagi asosiy vazifalari va funksiyalari hamda bu borada boshqa idoralar bilan hamkorlik belgilanadi.

207.

Ekstremizm g‘oyalari ta’siriga adashib tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni sog‘lom hayotga qaytarish tizimini takomillashtirish.

2018-yil
30-iyun

IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, vazirlik va idoralar





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada:
terrorizm va diniy ekstremizmga aloqador fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarish, aholi o‘rtasida zararli diniy g‘oyalar ta’siriga tushish holatlarining oldini olish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish;
mazkur ishlarda mahalla fuqarolar yig‘inlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitalari va boshqa idoralar tomonidan kafillikka olish institutining tashkiliy-huquqiy asoslari va amaliyotda qo‘llash mexanizmlarini ishlab chiqish;
ushbu toifadagi shaxslarning bandligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasini ta’minlash nazarda tutiladi.

208.

Transport kommunikatsiyalari xavfsizligini ta’minlash tizimini mustahkamlash.

2018-yil
1-iyul

IIV, MXX, FVV, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada 2017-yil dekabr oyida ishga tushirilgan uzunligi 355 km. bo‘lgan “Buxoro — Misken” temir yo‘li bo‘ylab transport kommunikatsiyalari xavfsizligini ta’minlash va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish belgilanadi.

209.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Yil davomida

IIV, MXX, FVV, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari.
Loyihalarda yirik ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ommaviy tadbirlar, umumxalq bayramlari (Navro‘z, Mustaqillik kuni, Hayit bayramlari, Konstitutsiya kuni va boshqalar) o‘tkazilayotganda fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashni huquqiy tartibga solish nazarda tutiladi.

210.

Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini tasdiqlash.

2018-yil
1-mart

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Qaror bilan Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasi tasdiqlanadi.
Konsepsiyada:
millatlararo munosabatlar sohasiga oid normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda boshqaruv va hukumat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini takomillashtirish;
ko‘p millatli yagona oila muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimizning tinchliksevar siyosatini keng targ‘ib etish;
millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish nazarda tutiladi.

211.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlarining faoliyatini tanqidiy tahlil qilish va ish samaradorligini oshirish.

2018-yil
30-sentabr

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, MXX, IIV, vazirlik va idoralar





Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda:
hokim o‘rinbosarlarining sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish;
hokim o‘rinbosarlari tomonidan o‘z faoliyati yuzasidan yarim yillik va yillik hisobotlar taqdim etishni yo‘lga qo‘yish;
hokim o‘rinbosarlari tomonidan diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borilishini ta’minlash;
hokim o‘rinbosarlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish;
hokim o‘rinbosarlarining ma’naviy, milliy qadriyatlarga, diniy e’tiqodga tahdid soluvchi mafkuraviy xavflarga, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

212.

Diniy ta’lim tizimni tubdan isloh qilish.

2018-yil
1-mart

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi





Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Loyihada:
iqtidorli, salohiyatli, diniy va dunyoviy fanlarni chuqur o‘zlashtirgan, mafkuraviy xurujlarga qarshi tura oladigan, turli oqimlarning yot g‘oyalariga raddiya berish qobiliyatiga ega malakali diniy soha mutaxassislarini tayyorlashning yangi, bosqichma-bosqich tizimini shakllantirish;
2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalarini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

213.

Respublika Qur’oni karim musobaqasini o‘tkazish.

2018-yil yanvar — �prel

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Buxoro viloyati hokimligi





Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda:
Qur’oni karim musobaqasining nizomi, yo‘riqnomasi, baholash mezonlaridan iborat tashkiliy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash; mamlakatimizdagi nufuzli ulamolar, imom-xatiblar, yetakchi qorilardan iborat hakamlar hay’atini tuzish;
Qur’on musobaqasining tuman, viloyat va respublika bosqichlarini tashkil etish;
musobaqaning g‘olib va sovrindorlarini munosib taqdirlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi.

214.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va aholining ekologik madaniyatini oshirish borasida ta’sirchan choralar ko‘rish.

2018-yil
1-avgust

Davlat ekologiya qo‘mitasi, vazirlik va idoralar





Normativ huquqiy hujjat loyihasi:
Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida 2019 — 2023-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya tasdiqlanadi.
Konsepsiyada ekologik tizimlarni saqlash va yaxshilash, aholining ekologik xavfsiz yashashini ta’minlashga erishish nazarda tutiladi.

215.

Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro hujjatlar talablari bajarilishiga qaratilgan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2018-yil
10-oktabr

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, TIV, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, MXX, Milliy gvardiya, DBQ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi





Normativ-huquqiy hujjat loyihalari.
Loyihalarda:
vakolatli davlat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash;
kimyoviy, biologik va yadroviy qurollar va ularni yetkazib berish vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish;
eksport nazoratidagi obyektlarning ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutiladi.

216.

“Qamchiq” dovonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2018-yil
20-sentabr

FVV, IIV, MXX, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada:
dovonda faoliyat yurituvchi maxsus xizmatlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlariga jalb qilinadigan xizmatlarning kuch vositalari ustidan yagona navbatchi-dis�etcherlik xizmatini tashkil etish;
“Qamchiq” yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin