Davolash ishi 4522-guruh Yermakov Taras



Yüklə 148,62 Kb.
səhifə1/2
tarix15.12.2023
ölçüsü148,62 Kb.
#140937
  1   2
Taras

Davolash ishi 4522-guruh

Yermakov Taras

Mavzu: Aterasklerozning kelib chiqish mexanizmi

  • Mavzu: Aterasklerozning kelib chiqish mexanizmi
  • Reja:
  • 1. Ateraskleroz nima?
  • 2.Uning kelib chiqish sabablari.
  • 3. Aterasklerozni turlari.

ATEROSKLEROZ NIMA?
Ateroskleroz — bu qon tomirlarning surunkali kasalligi bo’lib, bunda tomirlar ichki devorida karash va blyashka shaklida xolesterin va ZPLP (zichligi past lipoproteinlar) to’planib qoladi, devorlarining o’zi esa qalinlashadi va elastikligini yo’qotadi. Qon tomir devorlari yog’ va cho’kindilar to’planishi natijasida qattiqlashib boradi, tarangligini yo’qotadi va natijada torayadi, bu esa a’zolarga qon borishini qiyinlashtiradi. Oxir-oqibat, qon tomiri to’liq yopilib qolishi mumkin. Agar bu kasallik qon ivishi buzilishlari bilan birga kechsa, tromboz va organlarning ishemik zararlanishiga moyillik ortadi.

Ateroskleroz o’limga olib keladigan eng xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallik ko’pincha miya, yurak, qo’l-oyoqlarda qon aylanishi buzilib bo’lganidan keyin tashxislanadi, ya’ni kech. Ateroskleroz yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sababchisidir: yurak ishemik kasalligi 

  • Ateroskleroz o’limga olib keladigan eng xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallik ko’pincha miya, yurak, qo’l-oyoqlarda qon aylanishi buzilib bo’lganidan keyin tashxislanadi, ya’ni kech. Ateroskleroz yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sababchisidir: yurak ishemik kasalligi 
  • Ateroskleroz bilan kasallanganlarning soni ularning yoshiga qarab ortib boraveradi, ya’ni bu kasallik ko’proq qari kishilarga xosdir. Shuning uchun shifokorlar buni qarilik kasalligi deb hisoblashadi, lekin kasallik yildan-yilga yosharib bormoqda, bu zamonaviy hayot tarzi bilan bog’liq.

ATEROSKLEROZNING ALOMATLARI VA BELGILARI
Ateroskleroz tizimli kasallik bo’lib, u odatda organizmning barcha asosiy qon tomirlariga ta’sir qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, alomatlari ham har xil bo’ladi. Asosan yurak, miya, oyoqlar aziyat chekadi. Alomatlari o’ziga xosdir, ammo aterosklerozni qo’shimcha usullarsiz ham tashxislasa bo’ladigan darajada ravshan namoyon bo’lmaydi.
Uning belgilari qaysi a’zo qon aylanishi yetishmovchiligidan ko’proq aziyat chekayotganiga bog’liq. Har qanday ateroskleroz shaklida ikki simptomatik davr farqlanadi. Klinikgacha davrda jarayon endi boshlanayotgan bo’ladi, shuning uchun kasallikning muayyan ko’rinishi kuzatilmaydi.
YURAK
Yurakdagi og’riq 75% holatlarda namoyon bo’ladi. Ateroskleroz toj tomirlarga ta’sir qiladi va miokardga kislorod va ozuqa moddalari borishini yomonlashtiradi. Yurak oziqlanish intensivligining o’zgarishiga o’ta sezgir bo’lgan organlardan biridir. Bu hususiyat bo’yicha faqat miya undan ustun turadi. Kasallik alomatlari darhol rivojlanadi, bemorning his-tuyg’ularini to’g’ri talqin qilish muhimdir.
Yurakda normal qon aylanishining buzilishi stenokardik sindrom bilan namoyon bo’ladi. Alomatlar davriy ro’y beradi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • Ko’krak sohasidagi og’riq. Bosadigan, o’tmas, kuchayib-so’nadigan yoki yonish hissi kabi bo’ladi (bu ishemik jarayon uchun xos alomatlar). Og’riq kurak, chap yelka, bilak va barmoqlarga tarqaladi (qon aylanish tizimining butun uzunligi bo’ylab);
  • Ko’krak qafasida bosim hissi (go’yoki ko’krak qafasiga og’ir yuk qo’yilgandek);
  • Nafas olish paytida og’riqli hislar (nafas chiqarishda ham);
  • Nafas olish buzilishlari.




Yüklə 148,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin