ATEROSKLEROZNING SABABLARI Ateroskleroz rivojlanishining sabablari yuqori qon bosimi, chekish, qandli diabet, qondagi yuqori xolesterin miqdori kabi omillardir. Ammo aterosklerozning asosiy sababi — xolesterin almashinuvining buzilishidir. Aterosklerozning shakllanishi tabiiy jarayon bo’lib, u 10-15 yoshdan boshlanadi. Yosh o’tishi bilan uning shakllanishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin. Ateroskleroz uchun quyidagi xavf omillari ajratiladi:
Jins. Erkaklar ateroskleroz rivojlanishiga ayollarga nisbatan ko’proq moyil bo’lishadi. Ushbu patologiyaning dastlabki belgilari 45 yoshda, hatto undan ham oldin boshlanishi, ayollarda esa 55 yoshdan keyin kuzatilishi mumkin. Ehtimol, bu xolesterin va zichligi past va juda past lipoproteidlar almashinuvida estrogenlarning faol ishtiroki etishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin;
Yosh. Bu tabiiy xavf omilidir. Yosh o’tishi bilan aterosklerotik jarayonlar kuchayadi;
Irsiyat. Albatta, bu ham ateroskleroz paydo bo’lishining sabablaridan biridir. Aterosklerozga sabab bo’luvchi omillar ko’p qirralidir. Shuning uchun gormonal fon darajasi, irsiy dislipoproteinemiya (plazma lipid profilining buzilishi), immun tizimining faoliyati aterosklerozning rivojlanishini tezlashtirish yoki sekinlashtirishda muhim rol o’ynaydi;
ATEROSKLEROZNING TURLARI
Yurak tomirlari (koronar arteriyalar) aterosklerozi. Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va infarkt rivojlanishiga turtki beradi;
Aortal shakli. Aorta organizmdagi eng katta arteriyadir. Uning ateroskleroz bilan shikastlanishi barcha organlarga va tizimlarga sezilarli ta’sir qiladi;
Buyrak tomirlarining aterosklerozi. Qon aylanishining yetishmasligi buyraklar vazifalarining buzilishi va og’ir arterial gipertenziyani keltirib chiqaradi;
Miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlarning aterosklerozi;
Oyoq va qo’llar tomirlarining aterosklerozi.
Kasallik shakllari mustaqil namoyon bo’lishi mumkin, ammo ko’pincha tizimli ravishda yuzaga kerladi.
ATEROSKLEROZ VA QANDLI DIABET KASALLIGI Xolesterin me’da osti bezi hazm qildiruvchi shirasi va gormonlari sintezida faol ishtirok etadi va u qandli diabet rivojlanishining sababchisi bo’lmasa ham, uning kechishiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazadi. Qandli diabet qon tomirlarining aterosklerozi xavfini oshiradi (rivojlanish ehtimoli yarim baravar ortadi). Bundan tashqari tomirlarning aterosklerozi diabet kechishini og’irlashtiradi. Qandli diabet ishtirokida ateroskleroz kasalligi rivojlanishi xavfi erkaklarda ham, ayollarda teng darajada belgilanadi (agar diabet kasalligi bo’lmasa, ko’pincha erkaklar aziyat chekadi).