Himoya orderini berish uchun quyidagilar asos bo‘ladi
Tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining og‘zaki yoki yozma murojaati.
Tazyiq yoki zo‘ravonlik faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi.
Jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar.
Voyaga yetmaganlar qanday murojaat qiladi?
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchilarning himoya orderini berish to‘g‘risidagi arizasi ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida ko‘rib chiqiladi.