^ Qiz: "Davriy sistemaga sayohat" nomli kechamizga xush kelibsiz, aziz ustozlar va o'quvchilar.
Yigit: Endi navbat 1-shartimizga, ya'ni bu shartda ikkala guruh bir-biriga salom yo'llab, tanishib oladilar.
Shundan so'ng ikkala guruh sahnaga chiqadi va she'riy tar/da salom yo'llaydilar.
"Metallar" guruhi
1-ishtirokchi: Assalom, ey, ahli davron
Baxtiyorlar assalom.
Gul kabi yashnab turgan
Qalbi bahorlar assalom.
2-ishtirokchi: Bag'ri keng o'zbekning kimyogarlari
Xush ko'rdik, marhabo, eng aziz kalom.
Istiqlol yurtining "Metallmaslari"
"Metallar"guruhi yo'llaydi salom.
3-ishtirokchi: Bahoriy shodlikning zavqin keltirdik.
Shu zavqqa yo'g'rilgan bugungi ayyom,
Davramiz gultoji do'sti-azizlar
"Metallar" nomidan salom-assalom.
4-ishtirokchi: Kelinglar, azizlar, bardam bo'laylik,
Do'stlarimiz bilan hamdam bo'laylik.
Hurriyat, istiqlol kuyini chalib,
Ilmu-fan yo'lida ildam bo'laylik (hamma birgalikda).
"Metallmaslar" guruhi
Hshtirokchi: Istiqlol mash'ali qalbiga singgan
Baxtiyor tengdoshlar sizni xush ko'rdik.
Ozod mamlakatning kimyogarlari,
Shuurlari yorug', dilin xush ko'rdik.
2-ishtirokchi: Kimyo fanidir ko'zimiz ochgan
llmga, samoga bizga yo'l ochgan
Ma'rifat olamin quyoshin sochgan,
Yosharar o'tsada zamonlar, bu fan.
3-ishtirokchi: Bugun aziz do'stlarim
So'z aytaylik kimyodan,
Ko'rinmas vodorod-u
Hayotbaxsh kisloroddan.
4-ishtirokchi: Keling do'stlar davramizga, davramizga marhabo
Kuch sinashar mana bugun "metallar"-"metallmaslar".
Elementlar olamiga qilajakmiz sayohat
Kimyogarlar kechasiga xush kelibsiz marhamat.
Shundan so'ng sahnaga boshlovchilar chiqadi.
Qiz: Alp o'g'lonlar o'lkasi bu ko'hna Turon
Qalqonlari qanotlari ilm istang,
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron
Alisherning avlodlari ilm istang.
Yigit: Ilm istang, izingizdan ibrat yog'sin.
Ixlosingiz shaxdingizdan shiddat yog'sin.
Ortingizdan mag'rur-mag'rur millat yog'sin.
Mulki turon najotlari ilm istang.
Qiz: Endi navbat 2-shartimizga. Bu shartimiz "Davriy sistemaga sayohat" deb atalib, guruhlarimiz kimyoviy elementlarga she'riy tarzda tavsif beradilar.
Yigit: Sahnaga guruhlarni taklif qilmasdan oldin, hay'at a'zolarimiz-dan 1-shart baholarini e'lon qilishlarini iltimos qilamiz va bu bilan 2-shartni kim boshlab borishini bilib olamiz.
Dostları ilə paylaş: |