Davriy sistemaga sayohat



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə3/7
tarix15.02.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#123425
1   2   3   4   5   6   7
senariy

"Metallar" gurubi

1-Natriy: O'yaman der yumshoq natriy

Unga o'xshar litiy, kaliy.

Galogenda yondirsa gar,

Hosil bo'lar ajab tu/.lar.



2-Kaliy: Men ham sizga o'xshab natriy

Suv ta'sirida yonaman.

Ba'zi birikmamda men

O'g'it sifat bo'laman.



3-Magniy: O'simlik unib chiqmas

Agar bo'lmasa fosfor,

Yaxshilik siri shuki

Unda magniy barqaror.



4-Kalsiy: Meni derlar kalsiy

Goh birikma bo'laman,

Suvga qo'shib yuborsang,

Ishqor bo'lib qolaman.



5-Alyuminiy: Alyuminiydir mening nomim

O'zim oq rang, yaltiroq

Massam uncha og'irmas,

Tok o'tadi yaxshiroq.

Shuning uchun yasalur,

Mendan ulkan tayyora.

Hatto sayr qildim men

Uzoq-uzoq sayyora.



6-Temir: Ferrum, ya'ni temirman, Po'lat, cho'yan qismiman. Men bilan bo'lur yengil Hatto dehqon ishi ham. Men bilan tirik hayot, Meni qiling ehtiyot.

7-Volfram(W): Volframsiz chiroq bo'lmas, Tunda xonang nurga to'lmas. Men bo'lmasam mendek issiqlikga Chidaydigan element bo'lmas. 8-Kumush(Ag): Men kumushman, oq, yaltiroq, Noyobligim juda chatoq. Tok o'tadi juda yaxshi, Passivligim bor biroq. Oltinchalik qadrim bor, Yasalar mendan chaqa. Hatto boylar yasadi Otiga mendan taqa.

9-Simob(Hg): Metallar suyug'iman, nomimni derlar simob Bo'yginam cho'ziladi, tanim isitsa oftob, Boshqalardan qiymatim, do'stlar, aslo emas kam Bag'rimga tushsa agar erib ketar oltin ham.

10-Oltin(Au): To'g'ri maqtanding simob, Eritding meni shitob. Lekin o'zim passivman Ta'sir etmas kislota. Shuning uchun meni do'stlar Ishlatarlar har ishda. Tilloman eng qimmat tanga, Kerakman sizga yanga. Taqsangiz meni qo'lga. Ko'z-ko'z bo'lur ko'rganga.

Shundan so'ng biroz charchoqlarni yozish maqsadida musiqiy tanaffus e'lon qilinadi, keyin navbat metallmaslar guruhiga beriladi. "Metallmaslar" guruhi.



l-Vodorod(H): Hash-pash deguncha bo'lmay, Portlab ketishim tayin

Shoshqaloq vodorodman,

Suv hosil qilgum mayin.

Tinchlikga qilay xizmat

Yuritib motorlarni,

Doimo topay hurmat.



2-Geliy(He): Men geliyman, inertman,

Oilada oltovlon.

Texnika uchun shaymiz,

Lampochkada bor nishon.



3-Kremniy(Si): Uy ro'zg'orda ishlatib,

Choyni ichar bobolar.

Chinni kosa idishlar,

Ba'zan bo'lar sinishlar.

Men kremniy bo'laman.

Tiniq shisha yuragim,

Chinni bo'lib xalqimga,

Xizmat qilish tilagim.



4-Azot(N2): Meni derlar azotjon

O'simlik bo'lsa nimjon,

Bo'larman unga kon-jon,

Xursanddir mendan dehqon.



5-KisIorod(O2): Kisloroddir nomim mening

Tabiatdir konim mening,

Mensiz hayot ham bo'lmas,

Hatto o'simlik o'smas.



6-Uglerod(C): Olmosning tarkibida,

Ko'mirning suyagida.

Grafitning mag'zida,

Mening asl nusxam bor



7-Oltingugurt(S): O'zim kukun oltin rang,

Suvda eriy olmay garang.

Issiqlikda eriyman,

Rezinani beraman.



8-Yod(I2): Xossamni so'zlasam men

Suyuq bo'lmasman aslo.

Kristall va bug'likni

Tark etmayman tanho.

Yetishmasam odamning

A'zolariga sekin,

Buqoq kasal boshlanar

Tomog'i og'rib lekin.



9-Fosfor(P): Qizdirsang oq, undan qizilga

Va yana qoraga aylanish,

Qorong'ida shu'lalanish,

Xossam bor mening.



10-Xlor(Cl): Men xloros bo'laman

Ranglarni tez olaman,

O'zim esa o'zgarmay

O'z o'rnimda turaman.

Shundan so'ng sahnaga boshlovchilar chiqib, endigi shartga navbatni berishadi.

Qiz: Ko'z ochganda kezib yetti bahri ummon

Yetti tilda so'zlashgaysiz tili biyron.

Vatanida Tojmahallar tiklar sulton

Boburlari, Bekzodlari ilm istang.



Yigit: Hurmatli o'quvchilar, 3-shartimizni boshlamasdan oldin hakamlar hay'atidan 2-shart bo'yicha chiqishlaringizni baholashlarini iltimos qilsak (5 ball asosida ). 3-shartimiz "Kuzatuvchanlik sinovi"-deb nomlanib, unda har guruhdan chaqqon bitta o'quvchi taklif qilinadi va ularga quyidagi topshiriq beriladi: katta plakatga kimyoviy elementlar belgilari va tartib sonlari bilan birgalikda tartibsiz joylashtirilgan. Bunda I ta o'quvchi chiqib, bir daqiqa vaqt ichida kimyoviy elementlarning tartib raqamiga qarab birin-ketin topishi shart, vaqt tugagach, 1-o'quvchi tugatgan joydan 2-o'quvchi tartib raqamlarni adashtirmasdan ketma-ket aytadi, qolgan o'quvchilar o'z guruhiga raqamlar ichidagi ketma-ketlikni topishda elementlar nomini aytib yordam berishlari mumkin. Agar bir daqiqa vaqt mobaynida qaysi o'quvchi eng ko'p elementni tartib bilan topa olsa, shu o'quvchi yuqori 5 ball bilan baholanadi.

1-rasm

Qiz: Endi navbatni 4-shartimizga bersak.

Yigit: Bu shartimizda har ikkala guruh bir-biriga 10 tadan "Tezkorsavollar" tayyorlab kelishgan (konvert ichidan savollar oladi). Marhamat savollarni bir-biringiz bilan almashing va tez javob berishingizni iltimos qilamiz. Eslatib o'tamiz bu shartimiz 10 ball bilan baholanib, har bir ishtirokchiga 1 ball (o'ylab olish uchun 3 daqiqa vaqt).



Quyida namunaviy savollar berilgan:


Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin