^ HAR NARSA BO'LAR G'OYIB
mavzusida o'tkaxilgan bellashuv dasturi
Tadbirdan maqsad: o'quvchilarning kimyo faniga doir bilimlarini va dunyoqarashlarini kengaytirish, fanning hayotdagi o'rni haqida ma'lumot berish.
Kutilayotgan natija: o'quvchilarga fanga doir qiziqish uyg'otish, o'quvchilar bilimini shakllantirish.
^ Tadbirning borishi.
l.Tashkiliy qism: tadbir ishtirokchilari va bellashuv shartlari e'lon qilinadi. Bunda 7 tadan 9-sinf o'quvchilari 2ta guruh bo'lib bellashadilar.
2. Asosiy qism.
1-shart. Aqliy hujum:
Bunda har bir guruh a'zolariga 7tadan savol beriladi.
1-guruhga:
l)Tigel nima?
2)Karbol kislota deb nom olgan modda nima?
3)Izomeriyaning qanday turlari bor?
4)Aldegidospirt moddani ayting.
5)Suvga qaysi ionlar qattiqlik beradi?
6)Qumtuproqning tarkibi qanday?
7)Botqoq gazi formulasini yozing?
2-guruhga:
l)Anilinning formulasi qanday?
2)Antifriz sifatida ishlatiladigan moddalarni ayting?
3)Tabiiy kauchuk qaysi daraxtdan olinadi?
4)Korroziya qanday jarayon?
5)Respublikamiz qaysi hududlarida ko'mir konlari bor?
6)Aldegidlar qanday kimyoviy reaksiyalarga kirishadi?
7)Qanday modda adsorbent sifatida ishlatiladi?
^ 2-shart. Kim ko'p formula biladi?
Bu shartda har bir guruhdan l tadan o'quvchi chiqib, 5 daqiqa ichida moddalarning formulalarini yozadi va ularni nomlaydi. To'g'ri yozilgan formulalar natijasida, g'olib o'quvchi aniqlanadi.
Masalan:
1) C6H6 - benzol
2) C2H2 - etin
3)CH, - CH, — etandiol (etilenglikol)
I I
OH OH
4)CH3COOC2H5 — etilasetat
5)CH3COOH — etan kislota
^ 3-shart. Tarqatma materiallar bilan ishlash.
Bu shartda ham har guruhdan l tadan o'quvchi ishtirok etadi. Stol ustida tarqatma materiallarga organik modda sinflariga tegishli modda formulalari yozib, aralashtirib qo'yilgan. O'quvchilar moddalarni sinflarga ajratib, ularni nomlab chiqishlari so'raladi. Bu shartga ham 5 minut vaqt beriladi.
Masalan: Aromatik uglevodlar — C6H6 —benzol,
C6H5-CH3 — toluol,
C6H5-C1 — xlorbenzol,
Spirtlar — CH3OH - metanol,
C2H5 OH — etanol va hok.
^ 4-shart. Demonstratsion tajribalar.
Bu shartda har bir guruhdan l tadan o'quvchi chiqib tajribalar bajaradilar, bu tajriba mohiyati 2-guruh ishtirokchilaridan so'raladi. 1 -guruh savoli: bir shishada ham anor suvi, ham oddiy suv saqlash mumkinmi? Stol ustida turgan shishadagi suvni uning yonida turgan 2ta stakanga quyib, birinchisidan toza suv, 2-sidan anor suvi olish mumkin. Siz bu tajribani qanday izohlaysiz?
2-guruh javobi: 2 stakanning biri haqiqatdan toza bo'lib, 2-sining devoriga tomoshabinlarga ko'rsatmay sezilmaydigan darajada ozgina tonoftalien kukuni yopishtirib qo'yilgan bo'lgan. Shishadagi suyuqlik ham toza suv bo'lmay, o'yuvchi natriyning suyultirilgan eritmasi bo'lgan. 2-guruh savoli: Surkov moylarining dog'larini qanday tozalash mumkin? Gazlamadagi dog'larni tozalang.
1-guruh javobi: baravar miqdordagi glitserin bilan kartoshka unini aralashtirib, unga bir necha tomchi denaturant - spirt tomiziladi. Bu aralashma dog'ni yaxshi ketkazadi. Bajarib dog' yo'qotiladi.
^ 5-shart: Reaksiyani tenglashtirish.
Bunda har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib, 3 daqiqa davomida quyidagi reaksiyani tenglashtiradi. Koeffitsiyentlar yig'indisini topadi.
C6H12O6 + KMnO4 + H2SO4 = CO2 + MnSO4 + K2SO4 + H20
Javobi:
6C°-24e- = 6C+4 5
Mn+7+5e=Mn+2 24
5C6H1?O6+24KMnO4+36H2S04 = 30CO2+24MnSO4 + 12K2S04+66H2O
Koeffitsiyentlar yig'indisi:198
Dostları ilə paylaş: |