Deb ataladi: 1 ot o'mida



Yüklə 71,81 Kb.
səhifə1/3
tarix15.06.2022
ölçüsü71,81 Kb.
#116938
  1   2   3
OL M O S H


O L M O S H

  1. §. Olmoshning ta'rifi va Ieksik-grammatik xususivatlari

Gap ichida ot. sifat. son. ravish. ba'zan so'z birikmasi va gap o'mida qo'llana oladigan, aniq lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan so'z turkumi olmosh deb ataladi: 1) ot o'mida: Karim juda quvondi, chunki u o'z orzusiga erishgan edi. 2) sifat o'mida: Kechagi kitobingni berib tur, men shu kitobdan misollar olmoqchiman. 3) son o'mida: Menda ikkita qalam bor. senda nechta bor? 4) ravish o'rnida: Men bugim ketaman, sen qachon ketasan? 5) so'z birikmasi o'mida: Yomon so‘z bosh qozig‘idir, shunday sozni gapirmagan ma 'qul. 6) gap o'rnida: Sen mehnat qilishni yoqtirmaysan. bu esa insondagi engyomon xislatdir. Olmoshlar turlanadi, gapda ko'pincha ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi va undalma bo'lib keladi: Hamma keldi. Bizni_ tabriklang. SHu kitobni bering. Hoy sett, beri kell
Olmoshlar gapda so'zlarni o'rinsiz takrorlashdan qutqaradi, fikmi ixcham, qisqa qilib ifodalashga yordam beradi. Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlariga ega: 1) so‘z yasalish xususiyati yo'q (lekin olmoshlar asosida ot, feM, ravish, sifat yasalishi mumkin: o'zlik, sensirama. o'zicha. menbop); 2) juftlanib, boshqa so'z turkumi vazifasida keladi: o‘sha-o‘sha. shu-shu (ravish); 3) olmoshlar otlarga xos so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalami olishi mumkin: unga. shunisi; 4) olmosh hech vaqt o'zidan oldin aniqlovchi olmaydi. Olmoshlami gapda bajargan vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'lsa bo'ladi: 1) ot toifasidagi olmoshlar. Bular otlaming so'roqlariga javob bo'ladi, otlarga o'xshab so‘z o'zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qiladi va gapda ot bajargan vazifalami bajaradi. 2) sifat toifasidagi olmoshlar. Bular sifatlarga o‘xshab sifatlovchi-aniqlovchi, kesim va hol vazi-falarini bajaradi, otlashish xususiyatiga ega. 3) son toifasidagi olmoshlar. Bular miqdomi ifodalash uchun qo‘llanadi va gapda sifatlovchi-aniqlovchi, kesim, ba'zan hol vazifalarini bajaradi.

  1. Yüklə 71,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin