mavzu. Defektalogiya fani maqsadi va vazifalari Reja 1. DEFEKTALOGIYA NIMA 2. DEFEKTALOGIYANING YO`NALISHLARI 3. DEFEKTALOGIYANING MAZMUN MOHIYATI 4.DEFEKTALOGIYANING 4 YO`NALISHI .
1. DEFEKTALOGIYA faoliyat mazmuni. Defektologiya (lot. defectus -nuqson va ...logiya) — jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini oʻrganish, ularga maxsus taʼlim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yoʻqota borish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Koʻr va koʻzi ojiz, kar va qulogʻi ogʻir, aqli zaif, tayanch-harakat appa-ratida nuqsoni bor, nutq kamchiligiga ega boʻlgan bolalar D. fani obʼyek-tidir. Shunga koʻra D. 4 alohida sohaga boʻlinadi: surdopedagogika (kar va qulogʻi ogʻir bolalarni oʻqitish, tarbiyalash usullarini oʻrganadi), tiflopedagogika (koʻr va koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish va tarbiyalash masalalarini tadqiq etadi), oligofrenopedagogika (akli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash qonuniyatlarini ishlab chiqadi), logopediya (nutq kamchiliklari boʻlgan bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti bilan shugʻullanadi). Dastlab surdopedagogika va tiflopedagogika paydo boʻlgan
(1770-yil karlar uchun Ispaniyada, 1784-yil koʻrlar uchun Parijda maxsus muassasa ochilgan). Keyinchalik logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamchiligi bor bolalarning ruhiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi maxsus psixologiya, shuningdek, taʼlimtarbiya berish, nuqsonlarni tuzatish, tiklash vositalarini ishlab chiquvchi surdotexnika va tiflotexnika ham D.ga kiradi. D. anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya, eshitish, koʻrish va nutq pa-tologiyasi, maktab gigiyenasi, umumiy va pedagogik psixologiya, ped., til-shunoslik, bolalar psixologiyasi va b. fanlar bilan uzviy bogʻlangan. D.ning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniklash, tashhis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan taʼlimtarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yoʻqotish vositalarini izlab topish, amalda qoʻllash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishdan iborat.
Oʻlkamizning buyuk alloma, shoir va mutafakkirlari, xususan Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Amir Temur va b. D.ni izchil va atroflicha muayyan yoʻnalishda oʻrganmagan boʻlsalar ham, oʻz asarlarida defektologik holatlarning aks etishi, namoyon boʻlishi, rivojlanishi, oʻzgarishlari toʻgʻrisida qimmatli fikrlar bildirishgan. Oʻzbekistonda D.ning ilmiy-nazariy, metodik va amaliy tadqiqrtlari bilan G. Sh. Aytmetova, Ye. D. Gordiyenko, L. R. Moʻminova, R. Shomaxmudova, Gʻ. Shoumarov va b. shugullangan. Jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni jamiyatga foydali kishilar qilib tarbiyalash uchun Oʻzbekistonda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktablar, maxsus internat maktablar mavjud. Toshkent pedagogika universitetinnng ped. va defektologiya fakultetida maxsus maktab va muassasalar uchun defektolog kadrlar tayyorlanadi (1967-yildan).
Maxsus pedagogika uzoq yillar davomida pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Defektologiya” (yunoncha”defectus”-nuqson, kamchilik, “logos” fan, ta’limot) fakultetlarida o’qitilib kelingan. Zamonaviy sharoitda “Maxsus pedagogika” fani “Inkyuziv ta’lim” degan nom bilan ham atalmoqda. Inklyuziv ta’lim(ing.”inclision”-o’z ichigs olish, kiritish, uyg’unlashtirish)davlat siyosati bo’lib, nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli(tarbiyasi og’ir, yetim bolalar, turli xil kasalliklarga chalingan, ijtimoiy himoyaga muhtoj mayda millat bolalari) maxsus yordamga muhtoj bolalarni sog’lom tengdoshlari bilan birga umumta’lim muassasalarida o’qitish va tarbiyalashni ko’zda tutadi.
1966 yil Xalq ta’limi vazirligi taklifi bilan Kengash chaqirildi. Ushbu kengashda sobiq О‘zSSR maorif vaziri о‘rinbosari S.A.Panchenko, ilmiy kotib – M.N.Xodjayeva, О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutidan N.R.Raxmanov, 66- yordamchi maktab direktori G.SH. Aytmetova, 1-sonli maxsus internatdan A.N.Sitkovskaya, D.M.Orenberg, defektologiya sohasi bо‘yicha yetuk rossiyalik olimlardan professor, fan doktorlari M.I.Zemsova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, fan nomzodlari M.I.Kuzmitskayalar ishtirok etdilar. Kengashda asosiy kо‘riladigan masala «О‘zbekistonda defektolog kadrlarni tayyorlash» masalasi edi. Kengashda ushbu masala о‘rganib chiqilib О‘zbekistonda defektolog kadrlar tayyorlash haqidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan sо‘ng 1967 yilda Nizomiy nomli Pedagogika institutining pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bо‘limi ochildi. Unda yordamchi maktablar uchun о‘qituvchilar tayyorlash kо‘zda tutildi (kunduzgi ta’lim - о‘qish muddati 4 yil, rus va о‘zbek tillarida о‘qish uchun 210 talaba qabul qilindi). Defektologiya bо‘limining ochilishiga institutning sobiq rektori SH.SH.Abdullayev, institut prorektori prof. M.G.Davletshin, psixologiya kafedrasi mudiri prof. P.I.Ivanovlar katta hissa qо‘shdilar. Ushbu yillarda defektologiya sohasi bо‘yicha ta’lim beruvchi professor-о‘qituvchilar psixologiya kafedrasida faoliyat kо‘rsatdilar. Ular G.SH.Aytmetova, O.S.Maymor, I.X.Latipov, SH.Toshpо‘latovlar edilar. 1972 yillarda mustaqil «Oligofrenopedagogika» kafedrasi tashkil etildi, kafedraga G.SH.Aytmetova mudirlik qildi. «Oligofrenopedagogika» kafedrasi fakultetning eng keksa kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedraning tashkil etilishi va rivojlanishi dotsent S.SH.Aytmetova, katta о‘qituvchilar O.S.Maymor, I.G.Radisheva, V.S.Raxmanova, Z.A.Panomareva, M .I. Sagatovlar nomlari bilan bog‘liq. 1985 yildan 1998 yilgacha fakultetda p.f.d.,professor L.R.Mо‘minova dekan lavozimida faoliyat kо‘rsatdi. L.Mо‘minova rahbarligida fakultetda, respublika miqyosida defektologiya sohasida professor-о‘qituvchilarning ilmiy salohiyati kо‘tarildi. Uning rahbarligida hozirgi kungacha 14ta fan nomzodi tayyorlandi. 1999 о‘quv yilidan boshlab 2006 yillargacha fakultetda pedagogika fanlari doktori, professor M.E.Haydarov dekan lavozimida faoliyat kо‘rsatdi. Defektolog kadrlarni Respublika miqyosida yetishmasligini bartaraf etish maqsadida fakultetda Defektolog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi ochildi. Bu ta’lim bosqichlarida bakalavr va magistrlar tayyorlash uchun kafedralar standart va о‘quv rejalarini tayyorladilar. Bakalavr-defektologlar tayyorlash uchun yagona о‘quv reja tayyorlandi. Fakultetning «Oligofrenopedagogika», «Surdopedagogika» bо‘limlari birlashtirib «Defektologiya» bо‘limiga о‘tkazildi. Yagona о‘quv reja asosida «Bakalavr-defektolog» lar tayyorlash maqsad qilib qо‘yildi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda «Oligofrenopedagogika va logopediya» kafedrasi hamda «Surdopedagogika va Defektologiyaning klinik asoslari» kafedralari birlashtirilib «Maxsus pedagogika va maxsus metodika» lar kafedrasi nomi bilan yuritildi. Ushbu kafedraga dots., p.f.n. G.A.Sadikova rahbarlik qildi. 1999-2000 о‘quv yilida kafedraga prof., p.f.d. L.Mо‘minova mudirlik qildi. Ushbu kafedrada о‘qitiladigan fanlarning xilma-xilligi va kо‘pligi hamda Defektologiya sohasidagi 4 yо‘nalish – surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya bо‘yicha faoliyat kо‘rsatayotganligi boshqarish tizimida noqulaylik qiyinchilik tug‘dirganligi sababli 2000 yilda Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya fakultetida “Defektologiya” kafedrasi tashkil etildi. “Defektologiya” kafedrasiga 2001-2007 yillarda p.f.n., dots. M.Ayupova mudirlik qildi. 1999 yilda fakultetda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga binoan oliy ta’limda kadrlar tayyorlashning ikki pog‘onali bosqichiga о‘tildi: bakalavriat -4 yil, magistratura – 2 yil va magistraturada “Logopediya” hamda “Oligofrenopedagogika” mutaxassisliklari bо‘yicha kadrlar tayyorlana boshladi. 2007 yilni prezidentimiz I.A.Karimov «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilindi. «Ijtimoiy yili» Davlat dasturida defektolog kadrlarni tayyorlash masalasiga qkatta e’tibor berildi. Dasturda Defektologiya bо‘limi alohida fakultet qilib ajratilishi kо‘rsatiladi. Ushbu dastur vazifalarini bajarishi maqsadida Boshlang‘ich ta’lim va Defektologiya fakulteti tarkibidan defektologiya bо‘limi 2007-2008 о‘quv yilida mustaqil fakultet qilib ajratildi. Defektologiya fakulteti qoshida