Дефектология факультети бакалавр даражасини олиш учун



Yüklə 323,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix26.11.2023
ölçüsü323,13 Kb.
#135521
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
f839f1d5-04e6-4833-a6ec-f9795f0a56d4

kо‘maklashish: 
1) maktabning rivojlanishi va faoliyat kо‗rsatishi uchun byudjetdan tashqari 
mablag‗larni jalb qilishga k;
2) maxsus ta‘lim muassasasida bolalarning hayot foliyati ni tashkil qilish va 
yaxshilashga;
3)pedagogik jamoaning mehnat sharoitlarini yaxshilashga;
4)Ota-onalar bilan hamkorlik faoliyatini tashkil etishga. 
Ota-onalarni tizimli ravishda har tomonlama pedagogik jihatdan bilimlarini 
oshirish ularni nazariy bilimlar asoslari, kо‗p jihatdan esa rivojlanishida nuqsoni 
bо‗lgan bolalar bilan ishlash amaliyoti bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
Pedagogik tashviqot ishlari dastur asosida oib borilishi lozim. Pedagogik 
tashviqot ishlari ota-onalarni korreksion pedagogika va psixologiya sohasidagi 
ilg‗or g‗oyalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ota-onalarni pedagogik bilimlar 
bilan qurollantirishda ba‘zi talablarga e‘tibor berish lozim: mashg‗ulotlarni 
ma‘ruza, suhbat, dialog tarzida о‗tkazish, savolni yoritish vaqtida amaliyotdan 
misollar keltirish, yakunlashda esa olingan bilimlarni faollashtirishga yordam 


42 
beradigan pedagogik topshiriqlarni bajarish maqsadga muvofiq bо‗ladi. 
Tinglovchilarni muloqot bо‗yicha sheriklari sifatida qabul qilish zarur. Matnni esa 
о‗qib bermasdan, sо‗zlab bergan ma‘qul.
Ma‘ruzalar mavzusi ota-onalarning pedagogik bilimlarga bо‗lgan ehtiyojlari 
asosida, ota-onalar majlislarida, suhbatlarda va maslahatlarda yuzaga keladigan 
masalalar bо‗yicha aniqlashtiriladi, qо‗shimchalar kiritiladi.
Materialni bayon qilishda amaliyotdan, pedagogik vaziyatlardan turli-tuman 
misollar keltirish, nazariy materialni amaliy materiallar bilan bog‗lashga e‘tibor 
beriladi.
Psixologik-pedagogik praktikum ma‘ruzadan sо‗ng qо‗llanilishi mumkin.
Pedgogik ta‘lim jarayonida barcha ota-onalarning ehtiyojlari qondirilmasligi 
mumkin. Shu sababli ota-onalarni tashvishlantirayotgan masalalar bо‗yicha 
individual ish olib borish, ularga malakali maslahatlar berish kerak.
Ota-onalar bilan individual ish olib borishning asosiy shakli- pedagogik 
maslahatdir. Uning qimmati shundan iboratki, maslahatga ota-onalar о‗zlarining 
istaklari, tashabbuslari bilan keladilar, ularni tashvishlantirayotgan masalalarni 
muhokama qilishga tayyor bо‗ladilar. Maslahatlar vaqtidagi tabiiy vaziyat 
pedagog va ota-onalar о‗rtasidagi psixologik tо‗siqni bо‗lmasligiga olib keladi. 
Og‗zaki maslahatlarni maxsus belgilangan kunda о‗tkazish mumkin. 
Maslahatlar kunini belgilashda albatta ota-onalar bilan kelishilishi lozim, chunki 
kо‗p ota-onalarning vaqti tо‗g‗ri kelmasligi mumkin.
Ota-onalar bilan ndividual ish jamoali mashg‗ulotlarni tо‗ldiradi, oilaning 
pedagogik madaniyatini oshishiga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan ish shakllari ota-onalaga farzandlarini tarbiyalashdagi 
tipik xatolarni oldini olishga yordam beradi, ularni tarbiyaning tо‗g‗ri metodlari 
bilan qurollantiradi.
Yuqorida kо‗rib chiqilgan metodlar, ularni kompleks ravishda har bir 
mashg‗ulotda qо‗llash ota-onalarning faollashuviga, ularda о‗zining tarbiyaviy 
faoliyatiga tanqidiy qarashga, olingan nazariy bilimlarini amalda qо‗llashlariga 


43 
imkon yaratadi. Shunday qilib, egallangan pedagogik bilimlar ota-onalarning bola 
bilan uy sharoitida shug‗ullanishlarida yordam beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maxsus ta‘lim muassasasi sharoitida 
ota-onalar va pedagoglarning ishi yorqin ifodalangan hmkorlik xarakteriga egadir, 
bunga sabab ota-onalar va maktabning о‗zaro munosabatlarining mazmuni va 
shakllari о‗zgaradi. 

Yüklə 323,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin