Дефектология факультети бакалавр даражасини олиш учун


 Nuqsonga ega bola tarbiyalayotgan oiladagi muammolarning



Yüklə 323,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix26.11.2023
ölçüsü323,13 Kb.
#135521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
f839f1d5-04e6-4833-a6ec-f9795f0a56d4

1.2. Nuqsonga ega bola tarbiyalayotgan oiladagi muammolarning 
tarixiy jihatlari 
Nuqsoni bо‗lgan farzandga ega oilaning muammolari uning hayotining turli 
doiralarida namoyon bо‗ladi. Insoniyatning rivojlanish tarixida bunday oilaning va 
jamiyatning о‗zaro munosabatlari sotsiumning oila va uning ehtiyojlariga bо‗lgan 
diqqatning turli darajalari bilan xarakterlanadi. Adabiyotlarning taxlili bunday 
о‗zaro munosabatlarning turli bosqichlarini ajratish imkonini yaratgan
14
.
Rossiyada XIX asrda oila muhitida turli psixik buzilishlarni oldini olish va 
davolash uchun foydalanishga e‘tibor bera boshlangan. 1859 yildan oilaviy 
patronajni rivojlanishi doirasida davolovchi vrach tomonidan bemor oilasiga 
maxsus ta‘sir masalasi muxokama qilingan. Bunda bemorning holatini doimo 
kuzatish va nazorat qilishgina emas, balki ―oila a‘zolari bilan tushuntiruvchi suhbat 
о‗tkazilib, ular bemorga hamdardlik bilan munosabatda bо‗lishlari va о‗zlarining 
gaplari bilan uning sog‗lig‗iga ijobiy ta‘sir kо‗rsatishlari kerak‖ligi nazarda 
tutilgan . 
Shu tarzda dastlab nuqsonga ega farzandi bо‗lgan oilaning muammolari 
uning a‘zolari tomonidan bemorning holatiga ijobiy ta‘sir kо‗rsatishga jalb etish 
jihatidan kо‗rilgan.
A.M.Shereshevskiyning ta‘kidlashicha, oilada psixologik davolash oilani 
territoriya jihatidan yaqin bо‗lganda yaxshi natijalar bergan.
Bemorning oilasi faqatgina davolov va psixoterapiya tadbirlarini о‗tkazish 
uchun fon bо‗lib qolmasdan, balki uning ma‘lum bir komponentiga aylangan. Oila 
vrachga davolashning metodini tо‗g‗ri tanlashda yordam bergan va uni amalga 
oshirishda tegishli muhitni yaratgan. XX asrning boshida Rossiyaning yirik 
shaharlarida ruhiy kasallarni oilada davolashning turli shakllari yuzaga kelgan va 
joriy etilgan. Bu sohaning yirik namoyondalari boladagi nuqsonni yuzaga kelish 
14
Спиваковская, А.С. Как быть родителями: (О психологии родительской любви). // А.С. Спиваковская М.: 
Педагогика, 1986.- 243с. 


14 
sabablari haqida ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib borishga, oiladagi 
tarbiyaning kamchiliklari alohida va ota-onalarga yordam berish masalalarini 
yoritishgaalohida e‘tibor berganlar. Masalan,oilaning bemorga ijobiy ta‘siri unda 
autizmni yuzaga kelishini oldini oladi deb kо‗rsatgan.
V.P.Kashenko 
psixik 
buzilishlarni 
davolashda 
oilaning 
individual 
xususiyatlarini, uning bemorga ijobiy ta‘sirini ham e‘tiborga olish lozimligini 
kо‗rsatgan (V.P.Kashenko, 1905). 
Bolani tarbiyasida ota-onalarga yordam kо‗rsatib, u birinchi navbatda ota-
onalarga ―bunday boladagi nuqsonning xarakterini va uni tarbiyalash 
murakkabligini tushuntirgan, shuningdek kun tartibiga rioya qilish zarurligi haqida 
ta‘kidlagan, maxsus adabiyotlarni tavsiya qilgan. Korreksion tarbiya tizimini 
amalga oshirishda ota-onalarga yordam uchun pedagog-defektologni taklif etish 
kerakligini uqtirgan.
Ota-onalar 
mavzusini 
muhokama 
etilayotgan 
masalalar 
jumlasiga 
kiritilganligini XX asrning boshidagi mashhur psixiatr, psixologlar va 
pedagoglarning ilmiy ishlarida kо‗rish mumkin. Bu mavzuni yoritishda J.Demura 
tadqiqotlari qiziqish uyg‗otadi, G.I.Rossolimoning fikricha J.Demura о‗sha vaqtda, 
Yevropada nuqsoni bо‗lgan bolalar bо‗yicha eng yaxshi mutaxassislardan biri 
bо‗lgan. Uning Rossiida v 1909 yil nashr etilgan "Nuqsonga ega bolalar, ularni 
uyda va maktabda tarbiyalash" monografiyasi ota-onalar uchun juda qimmatli 
bо‗lgan. Nemis olimi va pedagogi B.Mennelning ―Aqli zaif bolalar uchun 
maktablar‖ monografiyasi 1911 yili vrach M.Vladimirskiy tomonidan rus tiliga 
tarjima qilingan. Monografiyada Germaniyada aqli zaif bolalar uchun 
maktablarning holati tizimli yoritilgan va ―Ota-onalar va о‗quvchining hayot 
sharoiti‖ nomi bilan alohida bо‗lim ota-onalar va farzandlari muammolariga 
bag‗ishlangan.
Rosssiyada oilaviy psixoterapiyaning yuzaga kelishi davolov-tarbiyaviy 
muassasalarni va ruxiy kasallar uchun oilaviy patronajni tashkil etilishi bilan 
bog‗liq.


15 
Bunday davolov-tarbiyaviy muassasasi 1882 yilda Peterburgda tashkil 
etilgan bо‗lib, uni taniqli vrach va pedagog I.V.Malyarevskiy boshqargan.
Bu tarzdagi muassasalar tajribasi bilvn о‗sha davrda chet elda ham qiziqib 
qolingan. Muassasalar haqidagi savolga javoban V.M.Bexterev ― tashkil etilgan 
12ta muassasalar faqatgina davolash bilangina emas, balki muassasadagilarni 
tarbiyalashda g‗am yutuqlarga erishmoqdalar‖ deb kо‗rsatgan.
I.V.Malyarevskiy va uning izdoshlari tomonidan tibbiy ta‘sir bilan 
birgalikdagi tarbiya ishlarida "oiladaigi о‗zaro munosabatlarni tashxis qilish va 
ruxiy bemorlarni tarbiyasidagi xatoliklarni aniqlash‖ ga alohida diqqat qaratilgan. 
Oilada tarbiyalashga alohida e‘tibor qaratib Malyarevskiy " ota-onalarning 
pedagogik nо‗noqligi ouy sharoitida bolalarga egoizmni yuzaga keltiradi, 
atrodagilar oldida hech qanday majburiyatni shakllanmasligiga, о‗zini haddan 
tashqari yaxshi kо‗rishga olib keladi‖ deb ta‘kidlagan.
Tarbiyadagi buzilishlar vrach tomonidan bola bilan alohida yoki lozim 
bо‗lganda ota-onalari bilan birgalikda suhbat jarayonida amalga oshirilgan. Ota-
onalar uchun ―majlislar‖ о‗tkazilib, ularda oiladagi tarbiyaning kamchiliklari ochib 
berilgan.
Bunday markazlarda ―idiotlikning yengil darajasidagi, asab tizimida va 
hissiy a‘zolarida buzilishlari bо‗lgan, psixik buzilishlarga ega bolalarga (ya‘ni 
bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning о‗sha vaqtdagi tasnifi asosida) yordam 
kо‗rsatilgan [3, 64].
1912 yili Peterburgdagi Psixonevrologik institut qoshida yordamchi maktab 
ochilib, unda ota-onalar uchun kurslar faoliyat yuritgan. Ushbu kurslarning 
dasturiga ―bolalar psixoptologiyasi va kasalliklarining xarakteri bilan tanishish‖ 
bо‗limi kiritilgan. Ota-onalar va bolalar bilan birgalikdagi mashg‗ulotlar о‗tkazilib, 
ularda oiladagi murakkab nizoli vaziyatlargina muhokama etilmasdan,ularni 
bartaraf etish yuzasidan maslahatlar berilgan.
1907 to 1912 yillargacha bunday ―birgalikda tarbiyalash va о‗qitish 
tо‗garaklari‖ Moskvada ham tashkil etilgan va uning dasturi bilan V.M.Bexterev 
ham tanish bо‗lgan.


16 
Shunday qilib, oiladan tashkiliy-davolov va tarbiyaviy komponent sifatida 
foydalanish Rossiyada tibbiyot va pedagogika sohasining taniqli namoyandalari 
tomonidan о‗zoq vaqtgacha va turli shakllarda amalga oshirilgan. Bu fikr о‗sha 
vaqtdagi taniqli psixologlar, pedagoglar, psixiatrlarning topgan (D. I. Azbuka na, 
T.A.Vlasova, G.L.Vigodskaya, L.S.Vigotskiy, M.F.Gnezdilov, A.N.Graborov, 
YE.K.Gracheva, 
G.M.Dulnev, 
S.D.Zabramnaya, 
M.V.Ippolitova, 
K.S.Lebedinskaya, V.I.Lubovskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, 
B.I.Pinskiy, L.I.Solnseva, I.M.Solovyev, YE.A.Strebeleva, G.V.Sikoto, J.I.Shif, va 
boshqalar) ilmiy ishlarida о‗z aksini topgan. 

Yüklə 323,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin