Дефектология факультети бакалавр даражасини олиш учун



Yüklə 323,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix26.11.2023
ölçüsü323,13 Kb.
#135521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
f839f1d5-04e6-4833-a6ec-f9795f0a56d4

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
1.3. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab va 
oilaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish 
Ta‘lim tizimining demokratlashuvi, innovatsion dasturlar maxsus 
muassasalarning ham oila bilan о‗zaro hamkorligi muammosini hal etish, 
rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan farzandni tarbiyalayotgan ota-onalarning pedagogik 
madaniyatini oshirish sharoitlarini yuzaga keltirish yо‗llarini tadqiq etish 
zaruriyatini keltirib chiqmoqda
15
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar bunga bog‗liq 
quyidagi qarama-qarshiliklarni aniqlaganlar: 
— ota-onalarning huquqlari va burchlari о‗rtasidagi va ulardan 
foydalanishni bilmaslik; 
— ota-onalarning ta‘limga bо‗lgan ehtiyojlari va ularni qondirishning
imkoniyatini mavjud emasligi; 
—ota-onalarda pedagogik madagniyat darajasining pastligi va bolani 
tarbiyalashda psixologiya asoslarini bilmasliklari hamda maxsus muassasalarda 
ta‘lim tizimining talab darajasida emasligidir. 
Turli ijtimoiy institutlar о‗rasidagi aloqa va hamkorlikni mustahkamlanishi 
va rivojlanishi (maktab, oila, jamoatchilik) rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan 
bolalarning hayot tarzi va tarbiyalanishini yaxshilanishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda oila va maktabning о‗zaro faoliyatiga quyidagi tamoyillar 
asos bо‗ladi:
1) bolani tarbiyalash va о‗qitishda ota-onalar va pedagoglar partner (sherik) 
bо‗ladilar;
2) bu pedagoglar va ota-onalar tomonidan bolalarni tarbiyalash va 
о‗qitishdagi hamfikrlilik;
3) pedagoglar va ota-onalar tomonidan bolani hurmat qilish, yordam berish 
va unga ishonish; 
15
Васильева, А.К. Структура семьи. // А.К. Васильева М.: Педагогика, 1988. – 164с. 


18 
4) pedagoglar va ota-onalar tomonidan rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan 
bolalarni tarbiyalash va о‗qitishda oila va maktabning imkoniyatlarini bilishlari va 
ulardan maksimal darajada foydalanishlari; 
5) oila va maktabning о‗zaro hamkorligi jarayonini, uning oraliq va yakuniy 
natijalarini doimo taxlil qilish.
Jamoatchilik va oilada tarbiyalashning о‗zaro aloqadorligi, shuningdek 
pedagoglar, ota-onalar va jamoatning о‗zaro ma‘suligi bir qator meyoriy –
huquqiy hujjatlarda о‗z aksini topgan 
16

Masalan, ―Ta‘lim tо‗g‗risidagi Qonun‖ da ota-onalar birinchi pedagoglar 
deb kо‗rsatilgan. Ular farzandlarining jismoniy, ahloqiy va intellektual 
rivojlanishiga asos solishlari lozim.
Bunga bog‗liq ravishda maktabning oila bilan ishlashdagi mavqei о‗zgaradi.
Har bir maktab bolani tarbiyalab qolmasdan, balki ota-onalarga bola tarbiyasi 
bо‗yicha maslahatlar beradi. Bunga bog‗liq ravishda ta‘lim muassasasi ota-onalar 
bilan ish olib borish sharoitlarini aniqlash, uning mazmunini boyitishi, maktab va 
oilaning rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalashda va о‗qitishdagi 
hamkorligining formasi va metodlarini takomillashtirishi lozim. Defektolog –
faqatgina bolalarning tarbiyachisi bо‗lmay, balki ularni tarbiyalash bо‗yicha 
hamkordirlar 
17

Maktab va oilaning mustahkam hamkorligini amalga oshirish lozimligi 
haqida: « Bolalarni tarbiyalamasdan, maktab hayotida ota-onalarning ishtirokisiz, 
kattalar va bolalarning doimiy ma‘naviy muloqotisiz oila jamiyatning dastlabki 
yacheykasi bо‗la olmaydi, maktab esa о‗quv-tarbiyaviy maskini bо‗lmaydi va 
jamiyatning ma‘naviy rivojlanishi tо‗xtab qoladi» deb kо‗rsatgan . 
«Ota-onalar bilan ish olib borish masalasi –juda muhim va dolzarb 
muammo. Bunda ota-onalarning bilim darajasi, ularning о‗z bilimlarini oshirishga 
16
Токарева, С.Н. Социальные и психологические аспекты семейного воспитания. // С.Н. Токарева М.: 
Просвещение, 1989. – 243с.
17
Лесгафт, П.Ф. Семейное воспитание ребенка и его значение. // П.Ф. Лесгафт М.: Просвещение, 1991.-423с. 


19 
yordam berish, ularni ma‘lum bо‗lgan pedagogik bilimlar bilan qurollantirish 
bо‗yicha ishlar olib borish lozim»
18
.
Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan farzandni tarbiyalayotgan oilaga nisbatan 
maktabning rahbarlik va tashkillashtiiruvchi roli bir qator omillar bilan belgilanadi: 
—ota-onalar о‗rtasida pedagogik bilimlarni rejaga asosan, faol ravishda 
yoyish ; 
— bola tarbiyasida oilaga yordam berish; 
— jamiyatda va oilada tarbiyaning ijobiy tajribasini tashviqot qilish; 
— ota-onalarni pedagogik faoliyatga jalb etish; 
— ota-onalarning pedagogik bilimlarni egallashlarini faollashtirish va 
boshqalar.
V.A. Suxomlinskiy pedagogika barcha uchun, ya‘ni о‗qituvchilar va ota-
onalar uchun ilm bо‗lishi kerak deb kо‗rsatgan. Biror-bir muvaffaqiyatli 
tarbiyaviy ish pedagogik ta‘limsiz, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish 
tizimisiz bо‗lmaydi, chunki pedagogik madaniyat umumiy madaniyatning muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ota-onalarning pedagogik madaniyati deganda bola tarbiyachisi sifatidagi 
shaxs tomonlarining rivojlanganligi, bola tarbiyasiga tayyorligi tushunilib, ular 
oilada va jamiyatda bola tarbiyasi jarayonida namoyon bо‗ladi. Ota-onalarning 
pedagogik madaniyatining asosiy komponenti bо‗lib psixologik-pedagogik, 
fiziologik-gigiyenik va huquqiy bilimlarining ma‘lum bir summasi, shuningdek 
rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalash amaliyoti jarayonida yuzaga 
kelgan kо‗nikma va malakalar, ularning pedagogik tayyorgarligi xizmat qiladi
19

Bunda ota-onalarning tarbiyaga bо‗lgan munosabatlari muhim ahamiyat 
kasb etadi. Ota-onalik burchiga ma‘suliyat bilan yondoshish, о‗z farzandlarini iloji 
18
Ауталипова У.И.Психолого-педагогические проблемы в воспитании детей дошкольного возраста в 
условиях семьи. В сб. мат-лов межд.конф. «Новые подходы и пути обучения, воспитания, коррекции и 
интеграции детей с проблемами в развитии». Бишкек, 1998. 
19
Nurmuxamedova L.SH. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalar ma‘naviyatini shakllantirishda oilaning 
ta‘siri. T.: 2005y. 


20 
boricha yaxshi tarbiyalashga bо‗lgan hoxish - ota-onalarning pedagogik 
madaniyatini ajralmas qismidir.
Korreksion pedagogika sohasida ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan 
bolalarni tarbiyalash va о‗qitishning asosiy qonuniyatlari va xususiyatlarini 
bilishlari, tarbiya mazmuni va metodlari bilan tanishishlari, bolaning atrofdagilar 
bilan munosabatlari va ijtimoiy qimmatga ega bо‗lgan xulq formalarini 
shakllantirishga yо‗naltirilgan bolalar faoliyatini, muloqotini tashkil etish formalari 
va metodlarini e gallashlari muhim. 
Pedagogik madaniyatni tarbiyada jamiyatning ota-onalar shaxsiga bо‗lgan 
asosiy talablar, oiladagi munosabatlarni regulyatsiya qiluvchi g‗oyaviy, ahloqiy 
munosabatlar, oiladagi shaxslararo munosabatlar ijtimoiy-pedagogik shartlari 
bilan birgalikda kо‗riladi.
Bunga bog‗liq ravishda ota-onalar bilan ish olib borish quyidagi hamkorlik 
tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.
Hamkorlik belgilariga quyidagilar kiradi: 
— jarayonning har bir ishtirokchisi faoliyat maqsadini anglashi; 
—ishtirokchilar о‗rtasida mehnatni aniq bо‗linishi va kooperatsiyasi; 
—jarayon ishtirokchilari о‗rtasida ma‘lumot alamashishdagi shaxsiy 
aloqalar, о‗zaro yordam; 
— ijobiy shaxslararo munosabatlar
20

Shuni ta‘kidlash lozimki, keyingi yillarda ota-onalarning faolligi oshib, 
ular bola tarbiyasida faol ishtirokchilarga aylandilar. «...Shunday qilish lozimki, 
maktab 
ota-onalarning 
о‗rnini 
bosmasin, 
ularni 
ota-onalaridan 
uzoqlashtirmasdan, balki ularni bir-biri bilan bog‗lab, aloqasi va о‗zaro harakati 
uchun sharoit yaratsin »
21

Ota-onalar bilan ish olib borish – defektolog faoliyatining murakkab va 
muhim qismi bо‗lib, u о‗ziga ota-onalarning pedagogik bilim, kо‗nikma va 
malakalarini oshirish, oiladagi tarbiyada pedagoglar tomonidan ota-onalarga 
20
Кравцов, Г.Г. Личность формируется в семье. Г.Г. Кравцов Дошкольное воспитание, 1991. - № 2.-С.12-17.
21
Mо‗minova L.R. Nogiron bolalarni oilada tarbiyalash.T.: Respublika oila markazi. 1996 y. 


21 
yordam berish, bola tarbiyasi uchun muvofiq sharoit yaratish,bolani tarbiyalashda 
ota-onalar va tarbiyachilar, pedagoglarning о‗zaro harakatlarini kiritadi.
YE.A. Arkin, ota-onalar bilan ishlashning asosiy vazifalariga quyidagilarni 
kiritgan:
1) bolalaning oilasini о‗rganish;
2) maktab faoliyatida ota-onalarning faol ishtirok etishga jalb etish; 
3) rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalash va о‗qitishdagi oila 
tajribasini о‗rganish; 
4) ota –onalarga korreksion pedagogika va psixologiya sohasida 
tushunchalar berish 
22

Maktab 
va oilaning hamkorligi vazifalarini hal 
etishda 
asosiy 
muammolardan biri bu soha faoliyatini yaxshi bilmaslik bir tomondan, ikkinchi 
tomondan oila bilan ishlashda faqat an‘anaviy metodlarni qо‗llash bо‗lib, kо‗p 
vaqtda pedagoglar va ota –onalar hamkorligining boshqa shakllarini qо‗llash 
zaruriyati kelib chiqmoqda.
Bunday hamkorlikni Angliyada о‗rganish ajribasi qiziqarli. Masalan, 
Lindon bolalarning tarbiyasida ota-onalarning ishtirokini о‗rgangan.
G. Pag i B. Tayzardlar о‗z tadqiqotlarini ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb 
etish masalalariga qaratganlar. Bu tadqiqotlar asosida hamkorlikning 5ta asosiy 
yо‗nalishlari kо‗rsatib berilgan, bulardan 3tasi mutaxassislarga, ikkitasi ota-
onalarga tavsiya etilgan. posvyatili ryad rabot podklyucheniyu roditeley k 
deyatelnosti shkol.
1. «Tarbiyasiz bolalarga yordam berishga harakat qilayotgan mutaxassislar 
ota-onalarni bolalarni rivojlanishidagi muhim potensial, shu bilan bir vaqtda 
―muammoning bir qismi deb qaraydilar‖.
2.Bolalardagi qiyinchiliklar oiladagi qiyinchiliklar sifatida qaralib, oila 
muammolaridan ajratib qaralmaydi. Oilaning boshqa a‘zolarini о‗zgartirishlar 
kiritish lozimligiga ishontirmasdan muammoni hal etib bо‗lmaydi 
22
Aytmetova G.SH. Oligofrenopedagogika. T.: 1994. 


22 
3. Mutaxassislar bolani uyda о‗qitishga ota-onalarni jalb etib, ular ishga 
halaqit bermasdan, balki farzandlarining muvaffaqiyatlariga yordam beradilar.
Ota-onalar farzandlariga yordam berish maqsadida yangi malakalarni egallab 
olishlari mumkin.
4. Hamkorlikning yana bir tomoni: ota-onalarning ma‘lumotga ega bо‗lish 
huquqlari va maktabga bolalarining hayotiga samarali ta‘sir etish uchun murojaat 
qilishlaridir.
5. Ota-onalar о‗zlarini har narsaga qodir kattalar deb hisoblaydilar 
23
.
1. Oila faqat bolalarnigina emas, balki kattalarning ham ijtimoiylashuvida 
muhim omil bо‗lib, unga insonning butun hayoti davomida jismoniy, hissiy va 
ijtimoiy rivojlanishi bog‗liq bо‗ladi.
2. Oiladagi tarbiya bola shaxsini ijtimoiylashuvining faqat jamoat 
uchungina emas, balki ota-onalarning individual ravishda о‗zlarini ma‘naviy 
tomonini farzandlarida namoyon bо‗lishida, bolalar himoyalashda kо‗rinadi.
3. Ota-onalar bilan ishlash bu defektolog faoliyatining murakkab va muhim 
tomoni bо‗lib, u о‗ziga ota-onalarning pedagogik bilim, kо‗nikma va 
malakalarining darajasini kо‗tarish; ota-onalarga oilada tarbiya bо‗yicha 
pedagoglarning yordamini talab etadi.

Yüklə 323,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin